Янгиликлар
08
Yo'qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo'qotgan shaxsni darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart.
Bilasizmi
Yo'qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo'qotgan shaxsni darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart.
Topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo'lgan shaxs noma'lum bo'lsa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to'g'risida ichki ishlar organiga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga ma'lum qilishi shart.
Agar yo'qolgan ashyoni olishga haqli bo'lgan shaxs topilma to'g'risida ichki ishlar organiga yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan e’tiboran 6 oy mobaynida aniqlanmasa ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi.
Ashyoni topib olgan shaxs uni olishga haqli bo'lgan shaxsdan topilma uchun ashyo qiymatining 20 foiziga qadar miqdorida mukofot talab qilishga haqlidir.