Янгиликлар
01
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan 2021 yil 3 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan ma'lumot.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan 2021 yil 3 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan ma'lumot.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limiga 2021 yil 3 choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.
I. Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limiga 2020 yil 3 choragi davomida jami 694 ta ya'ni, 1 ta surovnoma, 271 ta shikoyat va 422 ta arizalar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 458 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 177 ta murojaat yoki 38,64 foizi qanoatlantirilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga jiddiy e'tibor qaratilib, ularni o'z vaqtida va sifatli o'rganib chiqish choralari ko'rilib, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida murojaatlarni muallif ishtirokida o'z joyida ko'rib chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko'rildi.
Xususan, kelib tushgan murojaatlarning 24 tasi bevosita murojaat muallifi ishtirokida o'z joyida ko'rib chiqilib, hal qilindi.
Shuningdek, 281 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 108 ta murojaat tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga hamda 111 ta murojaatlar tuman (shahar) adliya bo'limlariga yuborilgan.
Bundan tashqari, jami 8 ta murojaatlar ko'rmasdan qoldirilgan bo'lsa, 9 ta murojaatlar hisobot davrining oxiriga qoldiq bo'lib o'tgan.
II. Ishonch telefonlariga kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligining “Ishonch telefoni” orqali 2021 yil 3 choragi davomida inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 85 ta murojaatlar kelib tushgan.
“Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlarning 85 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 30 tasi yoki 39,47 foizi qanoatlantirilib, 46 tasi bo'yicha huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga hamda 6 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo'yicha tuman (shahar) adliya bo'limlariga yuborilgan.
Shuningdek, 1 ta murojaatlar ko'rmasdan qoldirilgan bo'lsa, 1 ta murojaat hisobot davrining oxiriga qoldiq bo'lib o'tgan.
Rahbariyatining shaxsiy va sayyor qabullarida 2021 yil 3 choragi davomida 55 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Mazkur murojaatlarning 33 tasi vazirlik tomonidan ko'rib chiqilib, 11 tasi qanoatlantirilgan bo'lsa, 22 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 4 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo'yicha boshqa tashkilotlarga va 15 tasi tuman (shahar) adliya bo'limlariga yuborilgan bo'lsa, 3 ta murojaat ko'rmasdan qoldirilgan.
III. Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan qullanilgan ta'sir choralar bo'yicha:
Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo'yicha 29 ta taqdimnoma, 2 ta ogohnoma, mansabdor shaxslarni ma'muriy javobgorlikka tortish yuzasidan 10 ta ma'muriy taklif va sudlarga 216.248.332 so'mlik 54 ta da'vo arizalari kiritildi.
Qullanilgan ta'sir choralari natijasida, 4 nafar mansabdar shaxs ma'muriy javobgorlikka 6 nafar shaxs intizomiy javobgorlikka tortilib, mansabdor shaxslarning 3 ta hujjatlari bekor qilingan bo'lsa,
86.907.700 so'mlik pul mablag'lari tegishli tartibda fuqarolarga qaytarildi yoki to'lab berildi.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo'yicha tahlil qilindi.
1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida
Tahlil natijasida murojaatlarning quyidagi sohalarda ularning ko'pligini ko'rsatadi:
- mehnat nizolari masalasida 185 ta;
- ijtimoiy himoya bilan bog'liq masalag oid 164 ta;
- uy-joy masalasida 64 ta;
- erga doir masalasida 40 ta;
Mehnat nizolari masalasida kelib tushgan murojaatlarda asosan ishdan noqonuniy bushatganligi, ishga qayta tiklash va ish haqilarini o'ndirish bayon qilingan.
Ijtimoiy sohada kelib tushgan murojaatlarda asosan pensiyaga chiqish pensiyani rasmiylashtirish, tayinlash tartiblari, pensiyani hisoblash, qayta hisoblash va to'lash holatlari shuningdek, moddiy yordam tayinlanmayotganligi bayon qilingan.
Uy-joyga va yerga doir sohada kelib tushgan murojaatlarda asosan, fuqarolar o'rtasidagi o'zora yerga va uy-joyga oyd da'volar haqida bayon qilingan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:
- kelgusida shikoyatlar ko'paygan sohalarni ish rejalarga kiritish yoki monitoring asosida o'rganishni tashkil qilish;
- murojaatlar ko'paygan sohalarga mas'ul bo'lgan Respublika idora rahbarlari va xodimlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etish;
- qaysi tashkilot xodimlari xatti-harakatlariga nisbatan ko'proq shikoyatlar kelib tushgan bo'lsa, mazkur tashkilotlarda huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazish yoki uning yuqori turuvchisiga taqdimnoma, ogohnoma kiritish yoki taklif va tavsiyalar yuborish.
Inson huquqlarini
himoya qilish bo'limi boshlig'i Е.Utepov