Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Murojaat egasining o'n yetti million so'mdan ortiq ustama pullari to'lab berildi.


Murojaat egasining o'n yetti million so'mdan ortiq ustama pullari to'lab berildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligiga Nukus shahrida yashovchi fuqaro A.T.ning ustama pullari berilmaganliginan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.

Aniqlanishicha, fuqaro A.T va Nukus olimpiya zaxiralari kollej (keyingi o'rinlarda kollej deb yuritiladi ) o'rtasida 2013 yil 1 fevral' kuni 47-sonli mehnat shartnomasi tuzilgan va shunga asos shu kunning o'zida kollej direktorining 27-k-sonli buyrug'i qabul qilinib fuqaro A. T kollej shifokori etib ishga qabul qilingan va bugungi kunda ishlab kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 avgustdagi 480-son qarorining 5-qo'shimcha bilan tasdiqlangan “Olimpiya zaxiralari kollejlarining ayrim toifadagi xodimlariga mehnatiga haqi to'lov tartibi haqida”gi Nizomning (keyingi o'rinlarda Nizom deb yuritiladi ) 3-bandida, Olimpiya zaxiralari kollejining ayrim xodimlariga, trener-o'qituvchilarga ushbu Nizomga muvofiq qo'shimcha haqi va ustamalar belgilanadi deb ko'rsatilgan.
Nizomning 5-bandinda, agar sport tayyorgarligidan o'tayotgan o'quvchi turli sport yutuqlariga ega bo'lsa, olimpiya zaxiralari kollejining ayrim xodimlariga, ushbu o'quvchi uchun yutuqlar hisobga olingan holda belgilangan ustamaning eng yuqori mug'dori qo'llanadi deb ko'rsatilgan.
Bundan tashqari, Nizomning 6-bandiga asos ustamalarning jami miqdori:olimpiya zaxiralari kolleji direktori, direktor o'rinbosarlari, katta instruktor-metodisti va tibbiyot punkti xodimlari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan oshmasligi kerak ekanligi belgilangan.
Biroq, kollej tomonidan fuqaro A. T.ga kollej direktorining 2020 yil 30 sentyabr' kungi 23-sonli buyrug'iga asos ustama pullari to'lab berish 2020 yil sentyabr' oyidan vaqtincha to'xtatilgan.
Bu buyruqga, Nizomning 7-bandi ya'ni, «direktor o'rinbosarlari, katta instruktor-metodist, instruktor-metodist, tibbiyot punkti xodimlariga ustama haq belgilashda tayyorlangan sporchilar uchun to'plangan umumiy foizlar xodimlarga bo'lish orqali bevosita o'quvchini tayyorlashda qo'shgan hissasiga qarab direktor tomonidan belgilanadi» deb belgilangan talabi asos yetib olingan.
Biroq, Nizomning 7-bandi, O'zbeksdan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabr' kungi 735-sonli qaroriga asos, ya'ni 2020 yil 19 noyabr' kunidan boshlab kollej direktori vakilligidan xodimlarga ustama haqi belgilash chiqarib tashlangan.
Shunga qaramasdan,  kollej direktorining 2020 yil 30 sentyabr' kungi 23-sonli buyrug'iga asos, 2020  yil sentyabr' oyidan boshlab bugungi kunga qadar fuqaro A. T.ga ustama pullari to'llanmagan.
Nizomning 31-bandinda olimpiya zaxiralari kollejining ayrim xodimlariga va trener-o'qituvchilarga qo'shimcha haq va ustamalarni to'lash ularning ish haqini to'lash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi deb ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil, 12 avgusttagi 480-son qaroriga 2-qo'shimcha bilan tasdiqlangan “ Olimpiya zaxiralari kollejlari to'g'risida”gi Nizomning 30-bandinda olimpiya zaxiralari kolleji direktorining vakolatlari ko'rsatilgan bo'lib, unga ko'ra kollej direktoriga ayrim xodimlarga va trener-o'qituvchilarga qo'shimcha haqi va ustamalardi to'lovdi vaqtincha to'xtatib turish vakolati berilmagan.
O'zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjat tug'risida”gi qonunning 3-moddasida Normativ-huquqiy hujjat -  bu Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko'rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o'zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat va 5-moddasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hormativ-huquqiy hujjat ekanligi ko'rsatilgan.
Murojaatni o'rganish davomida aniqlangan holatlar bo'yicha kollejga taqdimnoma kiritildi va taqdimnomaga asos A. T.ga to'lanmay kelayotgan
17 207 033 so'm ustama pullari to'lab berildi.


Esengeldi Utepov,
Inson huquqlarini himoya qilish
  bo'limi boshlig'i