Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

47 nafar tibbiyot xodimlariga jami 360 816 476 soʻm miqdorda maxsus toʻlov undirish belgilandi


47 nafar tibbiyot xodimlariga jami 360 816 476 soʻm miqdorda maxsus toʻlov undirish belgilandi

Beruniy tumani adliya boʻlimiga Beruniy tumani tibbiyot birlashmasida mehnat qilayotgan 47 nafar shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari murojaat qilib, koronavirus infeksiyasi bilan gumon qilingan va kasallangan bemorlarni davolash uchun jalb qilingan davrida kuniga 12 soatlik ish rejimida ishlagan boʻlsada, ularga 8 soat ish rejimi boʻyicha maxsus ragʻbatlantirish toʻlovi hisoblanganligidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaatlar oʻrganilganda, haqiqatdan ham Koronavirus infeksiyasi bilan gumon qilingan va kasallangan bemorlarni davolash maqsadida Beruniy pedagogika kollejida tashkil qilingan tibbiy taqsimlash punktida tibbiyot xodimlari kuniga 12 soatlik ish rejimida ishlaganligiga qaramasdan, birlashma tomonidan kuniga 8 soatdan maxsus toʻlov hisoblanib, toʻlab berilganligi aniqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabr kungi 583-son qarori bilan tasdiqlangan “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash ob’yektlarida hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash labaratoriyalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarga maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq, xodimlarga ish hajmidan kelib chiqib, kunbay ishlash sharoitiga oʻtkazilgan holda har 30 kunlik davr uchun ish yuklamasini inobatga olgan holda har oylik ish faoliyati yakuni boʻyicha vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga - 25 million soʻm, boshqaruv va oʻrta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga - 15 million soʻm, provizor-farmatsyevt xodimlarga - 10 million soʻm, dezinfektor va kichik tibbiyot xodimlariga - 8 million soʻm, boshqa xodimlarga - 5 million soʻm miqdorida (soliqlardan tashqari) maxsus toʻlov belgilangan.

Nizomning 6-bandida, maxsus toʻlov tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga shu bilan birga, qisqa muddatga tortilgan qisqa sohadagi tibbiyot xodimlariga kunlik kelib-ketish ish rejimidan oʻtkazilgan holda haqiqatdan ham ishlangan ish hajmi uchun 30 kunlik davr uchun toʻlanadi.

240 soatlik ish yuklamalarini toʻliq bajargan xodimlarga ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan miqdorlarda maxsus toʻlovlar toʻlanadi.

Agar xodim tomonidan 30 kun davomida bajarilgan ish hajmi belgilangan ish yuklama me’yoridan kam yoki koʻp boʻlgan taqdirda, maxsus toʻlovlar haqiqatda bajarilgan ish soatlariga nisbatan mutanosib ravishda toʻlanishi koʻrsatilgan.

Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya boʻlimi tomonidan 47 nafar shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari manfaatini koʻzlab, maxsus ragʻbatlantirish toʻlov pullarini haqiqatda ishlagan soati boʻyicha toʻliq undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Beruniy tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi va adliya aralashuvi bilan Beruniy tumani tibbiyot birlashmasida ishlayotgan 47 nafar tibbiyot xodimlariga jami 360.816.476 soʻm miqdorda maxsus toʻlov undirish boʻyicha sudning hal qiluv qarorlari chiqarildi.

Saltanat Raimbekova,                                                                          

Beruniy tumani adliya boʻlimi boshligʻi