Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

QURILISh ChIQINDILARINI UTILIZACIYA QILISH MUAMMOSI QANDAY HAL ETILADI


Vazirlar Mahkamasining 28.01.2021 yildagi «Qurilish chiqindilari bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 40-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Qurilish chiqindilari bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar ko'rsatilgan:
•    qurilish chiqindilarini to'plash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirishga doir asosiy talablar;
•    qurilish chiqindilarini chiqindi poligoniga joylashtirish uchun topshirish va qabul qilish tartibi;
•    qurilish chiqindilarining ma'lumotlar bazasini yaratish va yuritish tartibi;
•    qurilish chiqindilarini yig'ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish usullari.

Qarorda ta'kidlanishicha:
•    barcha turdagi qurilish chiqindilari qoida tariqasida chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ustuvor ravishda takroriy foydalanilishi, utilizatsiya qilinishi yoki qayta ishlanishi yoki bunday ishlar bilan shug'ullanuvchi korxonalarga topshirilishi lozim. Qayta ishlanmaydigan qurilish chiqindilari ekologik jihatdan xavfsiz tarzda ko'milishi lozim;
•    takroriy foydalanishga yoki qurilish chiqindilari hosil bo'lish ob’ekti joylashgan tumanda (shaharda) utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud bo'lgan taqdirda, ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga yo'naltirilishi lozim;
•    qurilish chiqindilaridan takroriy foydalanishga talab bo'lmagan taqdirda, qurilish chiqindilari ularni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan qurilish chiqindi poligonlariga yoki qurilish chiqindi poligonlari mavjud bo'lmagan hududlarda maishiy chiqindi poligonlariga joylashtirilishi shart.

Qurilish vazirligiga binolar va inshootlar, shu jumladan yo'llar va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash yoki buzish ishlarida loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil bo'ladigan qurilish chiqindilari hajmlarini va ularni to'plash joylarini belgilash hamda ular bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish nazarda tutilishini ta'minlash topshirildi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga quyidagilar amalga oshirilishini ta'minlash topshirildi:
•    2021 yil 1 mayga qadar qurilish chiqindi poligonlarini mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan qurish va jihozlash bo'yicha 2022–2023 yillarga mo'ljallangan manzilli dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi kiritilishini;
•    qurilish ishlarida hosil bo'ladigan qurilish chiqindilarini to'plash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va poligonlarga joylashtirish hamda ularning hisobini yuritish ustidan qat’iy nazorat o'rnatilishini;
•    qurilish ishlari amalga oshirilishida hosil bo'lgan qurilish chiqindilari belgilanmagan joylarga tashlaganligi uchun tegishli choralar ko'rilishini.

Hujjat Prezidentning 29.09.2020 yildagi «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog'liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4845-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.


Qonliko'l tumani
adliya bo'limi boshlig'i                    T.M.Asanov