Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Xo'jayli tuman adliya bo'limi tomonidan 2021 yil I-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida Ma'lumot


Xo'jayli tuman adliya bo'limi tomonidan 2021 yil I-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida Ma'lumot

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha soxalarda  keng ko'lamli isloxatlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birgalikda Adliya organlari tizimlarini tartibga solish yuzasidan  bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Prezidentimizning 2018-yil 13-aprel' kungi 5415-sonli Farmoni bilan Adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan isloxatlar amalga oshirilib, tuman (shahar) adliya bo'limlari tashkillashirildi.  
Davlat huquqiy siyosatini yurgizish, norma ijodkorlik ishlarini muvofiqlashtrish, hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo'llash masalalari bo'yicha maslahatlar berish va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish bo'yicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish adliya bo'limlarining asosiy vazifalaridan biri  hisoblanadi.
2021 yilning 6 oyi davomida Xo'jayli tuman adliya bo'limi tomonidan  bir qator ishlar amalga oshirildi.
Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o'z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish soxasi bo'yicha.  
Bo'limga jami 94 ta murojaat kelib tushib shundan 55 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 33 ta murojaat egasining huquqlari tushuntirildi va 3ta murojaatlar tegishliligi yuzasidan boshqa tashkilotlarga yuborildi, sudlarga jami 283 million
163 ming so'mlik 30ta da'vo arizalar kiritilib undirildi va sudgacha taqdimnoma asosida
23 million 061 ming so'mlik  hisoblangan ish haqilar undirilib fuqarolarning huquqlari tiklandi.
Bo'lim tomonidan 17 ta tashkilotlarda o'rganish va monitoring o'tkazilib 946 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, natijada 26 taqdimnoma, 64 ta ogohnoma va 9 ta ma'muriy takliflar kiritildi.
Masalan: Mehnat qonunchiliklari bo'yicha o'tkazilgan o'rganish va monitoring davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish maqsadida taqdimnoma hamda mansabdar shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish uchun ma'muriy takliflar kiritildi.
O'rganish va monitoringlar natijasi bo'yicha, 2021 yilning 6 oyi davomida davlat organlari, muassasa va tashkilotlarga kiritilgan taqdimnomalar asosida 9 ta ma'sul xodimlar intizomiy javobgarlikga tortildi.
Tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o'tkazish sohasi bo'yicha.
Tuman hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o'tkazish bo'yicha, Xo'jayli tumani hokimining 3 ta normativ xuquqiy tusdagi qarorlari loyihasi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o'tkazildi.
Bo'lim tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 16 ta takliflar ishlab chiqildi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qilindi.
Qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, «respublika — viloyat — tuman — mahalla» printsipi bo'yicha huquqiy targ'ibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish soxasi bo'yicha.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida 2019 yil 9 yanvar' kuni O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 5618-son Farmoni qabul etildi. Farmon bilan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Kontseptsiya”si tasdiqlandi.
2021 yilning 6 oyi davomida bo'lim tomonidan Yuksak huquqiy madaniyat – mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan kontseptual g'oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri ekanligi yuzasidan tuman davlat organlari va tashkilotlarida, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs – oila ‒ mahalla ‒ ta'lim muassasasi ‒ tashkilot ‒ jamiyat” printsipi bo'yicha tizimli va uzviy tashkil etish yuzasidan targ'ibot tashviqot ishlari o'tkazildi.
Jumladan, 13 marta televedenie, 17 marta radio, 593 marta veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda, 3 marta gazetalarda chiqishlar qilindi.
Sud organlari bilan imzolangan “Hamkorlik Memorandumi”, “Fermerga madad” huquqiy aktsiyasi, “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir o'yga” shiori ostida  mahallalarda o'yma-o'y yurish orqali aholiga huquqiy tushuntirishlar berilib, ulardan og'zaki ravishda murojaatlar qabul qilinib kelinmoqda.
Bundan tashqari 654 dan ortiq qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tuman tuzilmalaridagi ijrochilarga elektron tarzda yetkazildi.
Shuningdek, joriy yilning I-yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasida 1109 ta ononim so'rovnomalar o'tkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik ta'minlash soxasi bo'yicha.
Yuridik xizmatlarni faoliyatini muvofiqlashtirish tuman hududida 10ta ya'ni tuman xokimligi, davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlar tashkillashtirilib, hammasi oliy  yuridik ma'lumotga ega xodimlar hisoblanadi.
Xizmat qilayotgan yuridik xizmat xodimlarining 7 tasi tegishli tartibda attestatsiyadan o'tkazilgan va malakasini oshirgan.

F.Naranova,
Xo'jayli tuman adliya bo'limi boshlig'i