Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligida sport kunlari tashkil etildi


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Davlat xizmatlar agentligi bilan hamkorlikda Adliya organlari va tashkilotlarida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida erkaklar o'rtasida sportning mini-futbol va ayollar o'rtasida sportning shashka turlari bo'yicha sport musobaqasi tashkil etildi.
Qizg'in o'tgan musobaqada mini-futbol sport turidan:
1- o'rin Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi jamoasiga,
2-o'rin Davlat xizmatlar agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasiga,
3-o'rin Ellikqal'a tumani davlat xizmatlar markaziga nasib etdi.
▪️ Sportning shashka turi bo'yicha:
1-o'rinni Davlat xizmatlar agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi xodimi Tazagul Musaeva,
2-o'rinni Nukus shahar adliya bo'limi bosh maslahatchisi Zebo Bazarbaeva,
3-o'rinni Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi xodimi Gulmira Arepbaevalar qo'lga kiritdi.
Musobaqa g'oliblari esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.