Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida yangi tashkil qilingan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlaridagi bo'sh (vakant) lavozimlar bo'yicha E'LON


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida yangi tashkil qilingan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlaridagi bo'sh (vakant) lavozimlar bo'yicha E'LON

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida yangi tashkil etilayotgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlaridagi bo'sh (vakant) lavozimlar (rasmda):

Faoliyat yo'nalishi:
•    yuridik xizmat ko'rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta'minlash;
•    davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko'rsatish;
•    davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
•    davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o'z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta'minlash;
•    davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo'lishini ta'minlash.

Faoliyat sohasi asosida quyidagi bilim-ko'nikmalarga ega bo'lish zarur:

•    faoliyat yo'nalishlari bo'yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;
•    axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
•    aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
•    huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
•    jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo'lish;
•    sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash;
•    qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo'lish;
•    huquqiy targ'ibot ishlarini amalga oshirish;
•    rasmiy hujjatlarni tayyorlash;
•    kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta'minotlardan foydalana olish.

Rasmiy talablar:
•    yurisprudentsiya mutaxassisligi oliy ma'lumotga ega bo'lish;
•    mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yil ish staji (markaz boshlig'i lavozimi uchun), muqaddam bevosita faoliyat yo'nalishida ishlaganlar afzallikga ega bo'ladi;
•    davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

Mehnat sharoiti va ish haqi:
•    barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
•    ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
•    oylik ish haqi lavozimga qarab qo'shimcha to'lovlari bilan birga o'rtacha 4-5 mln. so'm;
•    xorijda malaka oshirish va stajirovka o'tash imkoniyati;
•    qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta'minot paket.
•    idoraviy tibbiy xizmat va sog'lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Murojaat muddati va manzil:
•    Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:
•    – shaxsiy varaqasi (ilovadagi namunaga muvofiq ma'lumotnoma-ob'ektivka),
•    – diplom (diplomdan ko'chirma)ning nusxasi, chet elda o'qigan bo'lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o'tganligini tasdiqlovchi guvohnoma
•    – 3x4 sm o'lchamdagi rangli fotosurati;
•    – fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi.
Nomzod bo'sh (vakant) lavozimlarga tanlov o'tkazish haqidagi e'londa ko'rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo'yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o'zida boshqa e'londa ko'rsatilgan lavozim bo'yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Tanlov Nukus shahri, O'zbekiston guzari, 59-uyda bo'lib o'tadi.

Ishga qabul savollari ro'yxati bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=99233 havola orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatma!
Agar tanlov tartibi buzilgan takdirda korruptsiya holatlari haqidagi xabarlarni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoniga shuningdek, telegram ijtimoiy tarmog'idagi @antikorbot orqali murojaat qilishingiz mumkinligini bildiramiz.

Kadrlar bo'limi