Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Beruniy tuman adliya bo'limining 2021 yil 1-yarim yillik faoliyati to'g'risidagi M A ' L U M O T


Beruniy tuman adliya bo'limining 2021 yil 1-yarim yillik faoliyati  to'g'risidagi M A ' L U M O T

Yagona davlat huquqiy siyosatini, shuningdek norma ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ta'minlash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarga malakali yuridik yordam ko'rsatish borasida adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida adliya organlari tizimiga bir iancha vazifalar yuklatilgan.
Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan Beruniy tuman adliya bo'limi tomonidan 2021 yil   1-yarim yillik davomida quyidagi   ishlarni amalga oshirdi:

Tuman adliya bo'limiga hisobot davrida  fuqarolardan 113 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan qanoatlantirilgan murojaatlar 88 ta, 79,9 foizni tashkil qiladi, 18 ta  murojaat egasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 1 murojaat taalluqlilik bo'yicha boshqa tashkilotga yuborilgan.

Hisobot davrida tuman adliya bo'limi tomonidan 12 tashkilotda huquqni qo'llash amaliyoti yuzasidan 10 ta o'rganish va 16 ta monitoringlar o'tkazilib, o'rganish va monitoringlar davomida 5955 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi, shuning natijasida 86 ta huquqiy ta'sir choralar qo'llanilib, shundan 19 tasi  (“Qonun hujjatlarining  buzilishi, ularning sodir etilishiga ko'maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida”) taqdimnoma, 10 tasi ogohnoma, 4 tasi ma'muriy bayonnoma, 53 tasi da'vo arizalarni tashkil qiladi.

Shuningdek Beruniy tumani adliya bo'limi tomonidan fuqarolik ishlari bo'yicha sudga umumiy summasi 482 400 000 so'mlik  53 ta da'vo kiritilgan, 27 ta da'vo(245 million so'mlik) da'vo sud tomonidan to'liq kanoatlantirildi, sudgacha taqdimnoma asosida fuqarolarga 32 million so'm ish haqi va nafaqa pullari undirib berildi. Fuqarolar murojaatlari asosida davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalarga binoan 13ta xodim intizomiy javobgarlikka, 4 xodim ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish bo'yicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan 5 ta taklif ishlab chiqildi va QR Adliya vazirligiga yuborildi, qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha 11 ta taklif kiritildi.

Hisobot davrida bo'lim tomonidan tuman hokimining 4 qarori va Xalq deputatlari tuman Kengashining 1 qarori huquqiy ekspertizadan o'tkazildi.

Huquqiy targ'ibot bo'yicha 872 ta tadbir, shundan 280 ta og'zaki, OAV larda 548 ta, 42 ta ko'rgazmali huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan qonun hujjatlar soni 629 tani tashkil etdi.

Tumanda  yuridik xizmat bo'yicha shtat 10 ta xodimni tashkil qiladi.
Beruniy tuman adliya bo'limi tomonidan yangi qabul qilinayotgan O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, qarorlari, Hukumat qarorlari tumandagi  barcha davlat organlari, tashkilotlari va aholiga o'z vaqtida yetkazilmoqda, “Aholiga bepul huquqiy maslahat”  shiori ostida fuqarolarga uyma-uy yurib “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga “Madad” NNT bilan birgalikda bepul huquqiy maslahatlar berilmoqda.  

Beruniy tumani adliya bo'limida shtatlar jadvali bo'yicha lavozimlar soni 3ta, shtatlarda haqiqatda ishlayotgan xodimlar soni 3tani tashkil etadi.
            
Beruniy tuman adliya bo'limi xodimlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va  rahbariyat tomonidan oldiga qo'yilgan vazifalarni  to'liq va samarali amalga oshirmoqdalar.

Beruniy tuman adliya
bo'limi boshlig'i                                                                 U.Atadjanov