Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ish staji to‘liq bo‘lmagan shaxslarga nisbatan pensiya hisoblab chiqish tartibi


Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar 5 turdan iborat. Ular turiga qarab, 50 foizdan 100 foizgacha to‘lanadi.
Staj yetarli bo‘lmaganda ham pensiya tayinlanishi mumkin. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar:
- yoshga doir pensiyalar uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
- I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan;
- II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan;
- oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a'zosiga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan;
- ham otasi, ham onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun - yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

! Eslatib o‘tamiz, yoshga doir pensiyani olish uchun fuqaroning ish stajiinobatga olinadi. Masalan: agar 30 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan ishlayotgan ayol ish stajining 8 yili mobaynida jami 3 bolani parvarishlash ta'tillarida bo‘lgan bo‘lsa, u holda pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblashda unga jami 25 yil ish staji hisoblanadi.

“MADAD” NNT Amudaryo tumani
Huquqiy maslahat byurosi
bosh mutaxasssisi                                                                  
N.Jumaniyazova