Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi katta majlislar zalida Korrupciyaga qarshi kurashish agentligi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan barcha davlat organlari va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tuman (shaxar)lar xalq deputatlar kengashlari vakillari ishtirokida amaliy seminar bo'lib o'tdi.  Tadbir davomida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi yuzasidan olib borilgan o'rganish natijalari haqida ma'lumot berildi hamda Farmonning mazmun-mohiyati bo'yicha batafsil axborotlar berilib, qayd qilingan masalalar yuzasidan tegishli tarqatma huquqiy materiallar tarqatildi.