Янгиликлар
28
Pensiya jamg'armasi tuman bo'limining harakatlari noqonuniy deb topildi.
Pensiya jamg'armasi tuman bo'limining harakatlari noqonuniy deb topildi.
Mo'ynoq tumani adliya bo'limi tomonidan Mo'ynoq tumanida yashovchi fuqaro A.Jning murojaati o'rganib chiqildi.
Ma'lum bo'lishicha, 2021 yilning yanvar hamda fevral oylarida fuqaro A.J. farzandi 2 yoshga to'lganga qadar bola parvarishi bo'yicha nafaqa tayinlashni so'rab, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining Mo'ynoq tumani bo'limiga murojaat qilgan.
BTPJ Mo'ynoq tumani bo'limi tomonidan esa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2020 yilgi PQ-4797-sonli qarorining 11-bandiga asoslanib, fuqaro A.Jning turmush o'rtog'i G.U O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlashi vaj qilinib, uning ikkala arizasi ham «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimiga kiritilmagan hamda ko'rib chiqilmagan.
Mazkur holatda BTPJ Mo'ynoq tumani bo'limi tomonidan Prezidentimizning yuqoridagi qarorining 11-bandi noto'g'ri talqin qilinib, fuqaroning arizasi asossiz ravishda «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimiga kiritilmagan.
Shu sababli, Mo'ynoq tumani adliya bo'limi tomonidan, BTPJ Mo'ynoq tumani bo'limiga aniqlangan qonunbuzilishlarga yo'l qo'ymaslik, ularning sodir etilishiga qo'maklashuvchi sabablar va shart-sharaoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
BTPJ Mo'ynoq tumani bo'limi mazkur taqdimnomaning ijrosini ta'minlamasdan, javob xatini qaytarish bilan sheklangan. Javob xatida esa, A.Jning nafaqa tayinlashni so'rab yozgan arizasi «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimiga kiritilmasligi ma'lum qilingan.
Ushbu holat bo'yicha Mo'ynoq tumani adliya bo'limi tomonidan Nukus tumanlararo ma'muriy sudiga BTPJ Mo'ynoq tumani bo'limining harakatlarini qonunga muvofiq emas deb topish yuzasidan shikoyat arizasi kiritildi.
Shikoyat arizasi sud tomonidan atroflicha, mutaxassislar ishtirokida ko'rib chiqilib, BTPJ Mo'ynoq tumani bo'limining harakatlari qonunga muvofiq emas deb topildi hamda fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.
Azamat Еrnashov,
Mo'ynoq tuman adliya bo'limi
bosh maslahatchisi