Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Fermerga madad” huquqiy aktsiyasi davom etmoqda


Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil iyun–dekabr oylarida “Fermerga madad” huquqiy aktsiyasi o'tkazilishi belgilangan bo'lib, mazkur aktsiya doirasida fermer xo'jaliklariga huquqiy tushuntirishlar berish, buzilgan huquqlarini tiklash, murojaatlarni ko'rib chiqish, muammolarni joyida o'rganish hamda qonunchlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish vazifalari topshirilgan.
Aktsiya doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari E.Tursunov Qo'ng'irot tumani Qanli OFY hududida fermerlar bilan o'chrashuv o'tkazdi.
O'chrashuv davomida fermerlarning huquqlari hamda ularga berilgan imtiyozlar, shuningdek qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirilib, tarqatma huquqiy materiallar (buklet, flaerlar) tarqatildi.
Uchrashuv yakunida fermer xo'jaliklari o'zlarining qiziqtirgan savollariga shuningdek, taklif mulohazalariga berilgan javoblar orqali ma'lumotlar oldi.