Янгиликлар
24
“Ayollar daftari”dagi ayolning murojaati ijobiy hal etildi
“Ayollar daftari”dagi ayolning murojaati ijobiy hal etildi
Beruniy tumani adliya bўlimiga “Ayollar daftari” ga kiritilgan Beruniy tumani, “Yangiobod” MFY, Sh.Burxonov kўchasi raqamiz uyda yashovchi fuqaro Karimova Mavluda Amir qizi 2021 yil 18 mart kuni murojaat qilib, fuqaro Masharipov Rashid bilan nikohdan otmasdan turmush qurganligi, 2018 yil 15 mayda Azizbek ismli oǵil tuǵilganligi, lekin hozirgi kungacha unga tuǵilganlik haqida guvohnoma olmaganligi, shu sababli farzandiga tuǵilganlik guvohnomasini olishda amaliy yordam berishni sўragan murojaati kelib tushdi.
Tuman adliya bўlimi tomonidan fuqaroning murojaati tegishli tartibda organib chiqilganda, fuqaro M.Karimova 2018 yil 15 mayda Azizbek ismli farzandini Beruniy tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tuǵruq bўlimida tuqqanligi, 2018 yil 15 mayda M.Karimovaning oǵlining tuǵilganligi haqida 672-sonli tibbiy ma'lumotnoma berilganligi, lekin tuman FHDYo bўlimida uning tuǵilganligi qayd qilinmaganligi va guvohnoma olinmaganligi aniqlandi.
Shunga kўra, tuman adliya bўlimi aralashuvi bilan tegishli tuman muassasalaridan ma'lumotlar olindi va tuman FHDYo bўlimiga tegishli hujjatlar topshirilib fuqaro M.Karimovaning farzandi Karimov Azizbek Rashid oǵliga 2021 yil 31-mart kuni QQ №0066953-sonli tuǵilganlik guvohnomasi olib berildi.
Bobur Qalbaev,
Beruniy tuman adliya bўlimi etakchi maslahatchisi