Янгиликлар
12
Fuqaro murojaati qanoatlantirildi
Fuqaro murojaati qanoatlantirildi
Nukus shahar adliya bo'limi tomonidan fuqaro B.N.ning marhum akasi Yu.N. va marhum singlisi A.N.larga o'lganlik to'g'risida guvohnoma olishda amaliy yordam so'rab yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi.
O'rganish davomida, fuqaro B.N.ning marhum akasi Yu.N. 2006 yil
9 dekabr' kuni vafot etgan, singlisi marxum A.N. 2009 yil 9 fevral' kuni vafot etgan, lekin, marhum Yu.N. va A.N.larga o'z vaqtida doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi yoki o'lim sodir bo'lgan joydagi FHDYo organiga murojaat qilmaganligi sababli o'lim haqidagi ma'lumotnomasi olinmaganligi va marhum Yu.N. va A.Nlarning o'lganlikni tasdiqlovchi hujjatlari Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYo) arxivida hamda Nukus shaxar FHDYo bo'limida dalolatnoma yozilmaganligi (mavjud emasligi) aniqlandi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1991 yil
20 dekabr' kungi Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo'yicha sud amaliyoti to'g'risidagi 5-son Qarorining
20 bandida Agar shaxsning ma'lum vaqt va ma'lum holatda vafot etganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud bo'lsa,
FPK 295-moddasining 4-bandiga asosan sud o'lganlik faktini belgilaydi. Sudga murojaat qilayotgan manfaatdor shaxslar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiluvchi organlarning o'lganlikni ro'yxatga olishni rad qilganligi haqidagi hujjatni taqdim etishlari lozim,-deb ko'rsatilgan.
Shu bois, bo'lim tomonidan Yu.N.ning 2006 yil 9 dekabr' kuni va A.N.ning 2009 yil 9 fevral' kuni o'lganlik faktlarini tasdiqlash yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Nukus tumanlararo sudiga ariza kiritildi va ariza sud tomonidan qanoatlantirildi.
Zebo Bazarbaeva
Nukus shahar adliya bo'limi
bosh maslahatchisi