Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya bo'limi aralashuvi bilan bola parvarishi bo'yicha nafaqa tayinlandi


Adliya bo'limi aralashuvi bilan bola parvarishi bo'yicha nafaqa tayinlandi

Nukus tumani adliya bo'limi tomonidan fuqaro X.I. 2020 yil 27 iyulda farzandli bo'lganligini, bugungi kunda turmush o'rtog'i ishsiz ekanligini bildirib, 2020 yil sentyabr oyidan buyon bola parvarishi bo'yicha nafaqa puli tayinlanmayotganligidan norozi bo'lib yozgan murojaati o'rganib chiqildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2020 yilgi 4797-son «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga asos 2020 yil 1 dekabrdan boshlab, Qoraqalpog'iston Respublikasida ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to'g'risidagi arizalarni ko'rib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Nukus tuman adliya bo'limining amaliy yordam ko'rsatishi natijasida fuqaro X.I.ning 27.07.2020 yil tug'ilg'an farzandiga 2021 yilning aprel oyidan boshlab bola parvarishi bo'yicha nafaqa “Yagona reestr”AT orqali tayinlanib, fuqoraning murojaati to'liq qanoatlandirildi.

                                    
J.Panabergenova,
Nukus tumani
adliya bo'limi bosh maslahatchichi