Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya bo'limi aralashuvi bilan ishsizlik nafaqasi tayinlandi


Adliya bo'limi aralashuvi bilan ishsizlik nafaqasi tayinlandi

Nukus tumani adliya bo'limiga fuqaro A.K. tomonidan Nukus tumani Aholi bandligiga ko'maklashish markaziga (keyingi o'rinlarda markaz deb yuritiladi) ishga joylashtirish uchun murojaat qilganligin va markaz tomonidan «Orolbo'yi innovatsiya markazi» va «Barkamol avlod» markaziga vakant ish joylarini taklif qilganligin, lekin «Orolbo'yi innovatsiya markazi» ga borganida vakant joy yopilganligin, «Barkamol avlod» markazi esa pedagog xodim kerak ekanligini bildirgan va bugungi kunda ishsizlik nafaqasi tayinlanmaganidan norozi bo'lib yozgan murojaati kelib tushdi.


O'rganish davomida, murojaatda ko'rsatilgan masalalar bo'yicha tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markaziga ma'lumot so'raganimizda yuqorida ko'rsatilgan ish joylar taklif qilinganligi aniqlandi.

O'zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to'g'risida”gi qonunining 33-moddasida ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan shaxslar uchun ularning kasbiy tayyorgarligiga mos bo'lgan, yoshi, sog'lig'ining holati, mehnat staji va avvalgi kasbi (mutaxassisligi) bo'yicha ish tajribasi inobatga olinadigan ish maqbul keladigan ish hisoblanadi deb belgilangan.

Lekin, fuqoraning ma'lumoti yuqori, Berdaq nomidagi KDU “Agronomiya” mutaxassisligini tamomlagan bo'lsa ham, fuqoraga mutaxassisligi bo'yicha ish taklif qilinmagan.

Ushbu Qonunning 34-moddasida ish qidirayotgan shaxs ishga joylashishga doir yo'llanmani yoki ishga joylashishga ko'maklashish yuzasidan murojaatnomani olgan kundan e'tiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay ishga joylashishga doir yo'llanmada yoki ishga joylashishga ko'maklashish yuzasidan murojaatnomada ko'rsatilgan manzilga murojaat etishi shart. Maqbul keladigan ishga doir takliflar mavjud bo'lmagan va ishga joylashtirish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, ish qidirayotgan shaxs ishsiz deb e'tirof etiladi hamda unga ishsizlik nafaqasi tayinlanadi deb ko'rsatilgan.

Mazkur Qonunning 44-moddasida shaxslarni ishsiz deb e'tirof etish shartlari belgilangan bo'lib, agar ish qidirayotgan shaxsga u ro'yxatga olingan kundan e'tiboran dastlabki o'n kun ichida maqbul keladigan ish taklif etilmagan bo'lsa yoki mahalliy mehnat organi mazkur shaxs ishga joylashtirish uchun yuborilgan tashkilotdan rad javobini olgan bo'lsa, shaxsni ishsiz deb e'tirof etish to'g'risidagi qaror u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatga olingan kundan e'tiboran o'n birinchi kundan kechiktirmay mahalliy mehnat organi tomonidan qabul qilinadi va shaxsni ishsiz deb e'tirof etish to'g'risidagi qaror mahalliy mehnat organining buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi, ushbu buyruq bir vaqtning o'zida ishsizlik nafaqasi tayinlash to'g'risidagi buyruq hisoblanadi. Buyruqda ishsizlik nafaqasining miqdori va uni hisoblash sanasi ko'rsatiladi deb belgilanadi.

Yuqoridagilarga asos, bo'lim tomonidan ko'rsatilib o'tilgan qonunbuzilish holatlarinin bartaraf etish yuzasidan va fuqoraga maqbul keladigan ish topilguncha ishsizlik nafaqasini tayinlash bo'yicha tumandagi Aholi bandligiga ko'maklashish markaziga takdimnoma kiritildi va takdimnomaga asos 743.300 so'm miqdorida fuqoraga ishsizlik nafaqasi tayinlanib, murojaat to'liq qanoatlandirildi.


A.Abdikadirova,
Nukus tumani
adliya bo'limi bosh maslahatchichi