Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Adliya aralashuvi bilan


Kegeyli tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro G.Jning Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Bo'zotov tumani bo'limi tomonidan pensiya hisoblashda ish staji 7 yilga yetmaganligi sababli pensiya olish huquqiga to'g'ri kelmasligi, yoshga doir pensiyasi bekor qilinganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro G.Jning Pensiya jamg'armasiga taqdim qilingan 1983-1989 yillarda Kegeyli tumani Engels sovxozida ishchi bo'lib ishlaganligi, lekin buyriq vaqtida chiqarilmagan 28.10.1994 yil tabel raschet asosida chiqarilgan va G.Jga daromatlar hisoblanganligi ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida»gi Nizomning 80-bandida, agar ish stajini tasdiqlaydigan hujjatda ko'rsatilgan ismi, otasining ismi yoki familiyasi pasport yoki tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma bo'yicha ismi, otasining ismi yoki familiyasi bilan mos bo'lmasa ushbu hujjatning mazkur shaxsga tegishliligi holati faqat mehnat daftarchasini yoki ish staji to'g'risidagi boshqa hujjatni birinchi marotaba bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Boshqa barcha hollarda hujjatlarning taalluqliligi sud tomonidan belgilanishi shartligi ko'rsatilgan.
Kegeyli tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro G.Jning manfaatini ko'zlab, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Bo'zotov tumani bo'limining harakatlarini qonunga muvofiq emas deb topish va pensiya tayinlash majburiyatni yuklashni so'rab Nukus tumanlararo Ma'muriy sudiga shikoyat ariza kiritildi va ariza sud tomonidan qanoatlantirildi.

Baxadir Najimov
Kegeyli tuman adliya bo'limi
bosh maslahatchisi