Янгиликлар
28
Homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa tayinlandi
Kegeyli tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro J.Ining Kegeyli tumani Veterinariya bo'limi tomonidan o'ziga homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa tayinlanmasdan kelinganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro J.Ining Kegeyli tumani Veterinariya bo'limiga o'ziga homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa tayinlash uchun ariza va mehnatga layoqatsizlik varaqasini topshirganligi, lekin Veterinariya bo'lim tomonidan ko'chimsha hujjatlarni (bolaning tug'ilganlik haqida guvohnomasi va fhdyo nusxasi, passport nusxasi) asossiz ravishda talab qilinib, homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa tayinlanmasdan kelingan.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida”gi 2002 yil 1 aprel' kungi 21-son Nizomining 40-moddasida, homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqani tayinlash va to'lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo'laishi ko'rsatilgan.
Kegeyli tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro J.Iga homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa tayinlash maslasini hal qilishni so'rab Kegeyli tumani Veterinariya bo'limi Taqdimnoma kiritildi va taqdimnoma qanoatlantirilib fuqaro J Iga 2.222.856 sum homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqasi to'lab berilishi tamiynlandi.
Baxadir Najimov
Kegeyli tuman adliya bo'limi
bosh maslahatchisi