Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Fuqaro murojaati qanoatlantirildi


Nukus shahar adliya boʼlimi tomonidan fuqaro B.Nning marhum akasi Yu.N. va marhum singlisi А.Nlarga oʼlganlik toʼgʼrisida guvohnoma olishda amaliy yordam soʼrab yoʼllagan murojaati oʼrganib chiqildi.
Oʼrganish davomida, fuqaro B.N.ning marhum akasi Yu.N. 2006 yil
9 dekabr kuni vafot etgan, singlisi marxum А.N. 2009 yil 9 fevral kuni vafot etgan, lekin, marhum Yu.N. va А.Nlarga oʼz vaqtida doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi yoki oʼlim sodir boʼlgan joydagi FHDYo organiga murojaat qilmaganligi sababli oʼlim haqidagi maʼlumotnomasi olinmaganligi va marhum Yu.N. va А.Nlarning oʼlganlikni tasdiqlovchi hujjatlari Qoraqalpogʼiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYo) arxivida hamda Nukus shaxar FHDYo boʼlimida dalolatnoma yozilmaganligi (mavjud emasligi) aniqlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1991 yil 20 dekabr kungi Yuridik ahamiyatga ega boʼlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʼyicha sud amaliyoti toʼgʼrisidagi 5-son Qarorining 20 bandida agar shaxsning maʼlum vaqt va maʼlum holatda vafot etganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud boʼlsa, FPK 295-moddasining 4-bandiga asosan sud oʼlganlik faktini belgilaydi. Sudga murojaat qilayotgan manfaatdor shaxslar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qiluvchi organlarning oʼlganlikni roʼyxatga olishni rad qilganligi haqidagi hujjatni taqdim etishlari lozim,-deb koʼrsatilgan.
Shu bois, boʼlim tomonidan Yu.Nning 2006 yil 9 dekabr kuni va А.Nning 2009 yil 9 fevral kuni oʼlganlik faktlarini tasdiqlash yuzasidan Fuqarolik ishlari boʼyicha Nukus tumanlararo sudiga ariza kiritildi va ariza sud tomonidan qanoatlantirildi.

Zebo Bazarbaeva
Nukus shahar adliya boʼlimi
bosh maslahatchisi