Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Yangi tahrirdagi «Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi


O'zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 2021 yil 20 apreldagi «Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi O'RQ-682-sonli Qonuni imzolandi.
Qonunning yangi tahriri 8 bob va 60 moddadan iborat (avvalgi tahririda – 7 bob va 44 modda bo'lgan). Shuningdek Qonunga ilova tariqasida, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyoti qabul qilindi.
Ushbu Qonuning maqsadi normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, ushbu hujjatlarning o'zaro yuridik kuchi va nisbatini belgilashdan, shuningdek ularni rejalashtirish, tashabbus qilish, ularning ijrosini tashkil etishni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonuning asosiy pritsiplari qo'yidagilar:
konstitutsiyaviylik;
qonuniylik;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi;
oshkoralik;
ilmiylik;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va kompleksliligi;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari qo'yidagilardan iborat:
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
O'zbekiston Respublikasining qonunlari;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining buyruqlari hamda qarorlari;
Mahalliy davlat hokimiyati organlariing qarorlari.  
Qonun bilan fuqarolarning «O'zbekiston Respublikasi referendumi to'g'risida»gi Qonunda belgilangan tartibda o'tkaziladigan referendum yo'li bilan normativ-huquqiy hujjatlar (keyingi o'rinlarda – NHH) qabul qilish huquqi mustahkamlandi.
NHH bilan tasdiqlanadigan hujjatlar ro'yxati kengaytirildi. Endi bular jumlasiga reglamentlar, strategiyalar, kontseptsiyalar, doktrinalar, dasturlar («yo'l xaritalari») va boshqa hujjatlar ham kiritildi.
NHH loyihalari Adliya vazirligi va uning hududiy bo'linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o'tkazilishi to'g'risidagi modda kiritildi. Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o'tkazish muddatlari belgilandi.
NHH va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkazishning o'ziga xos jihatlari tartibga solindi. Mazkur ekspertiza davlat organlari va tashkilotlari tomonidan faoliyatning tegishli turlari bo'yicha o'tkaziladi.
NHH loyihalari manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishilishi belgilandi. Kelishish NHH loyihalarini kelishishning maxsus axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
NHH loyihasini NHH qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organga kiritish hamda uni qabul qilish tartibi alohida bobda berilgan. Xususan, tayyorlangan NHH loyihasi NHH qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organga davlat tilida kiritilishi belgilangan. Zarur bo'lgan hollarda, uning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin. Ushbu bobda huquqiy eksperiment, tartibga solish ta'sirini baholash tushunchalari ham berilgan.
Shuningdek fuqarolar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, NNT, OAV «Jamoatchilik nazorati to'g'risida»gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq NHH ijrosining monitoringi va nazoratini amalga oshirishi mumkinligi belgilangan.

R.Kurbanov
Taxtako'pir tuman adliya
bo'limi bosh maslahatchis