Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya aralashuvi bilan


Ellikqal'a tumani adliya bo'limiga yanvar' oyida Ellikqal'a tumani tibbiyot birlashmasida ishlovchi ishchi-xodimlar Atajanov Sardorbek Yangabaevich 677 000 (olti yuz yetmish yetti ming) so'm, Bog'ibekova Gulzira Ravshonbek qizi 735 900 (etti yuz o'ttiz besh  ming to'qqiz yuz) so'm, Lebedova Maksuda Rustamovna 677 000 (olti yuz yetmish yetti ming) so'm, Rozimov Akmal Kamalovich 677 000 (olti yuz yetmish yetti ming) so'm va Bayaubaeva Kzilgul Serikovna 1 789 352 (bir million yetti yuz sakson to'qqiz  ming uch yuz ellik ikki) so'mlik xizmat safari xarajatlarini to'lovlarini undirib berishda amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.
Adliya bo'limi xodimlari tomonidan murojaalarini monitoring yo'li bilan o'rganilganda haqiqatdan ham murojaat muallifi haq ekanligi aniqlangan. O'rganish natijasida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 29 avgustda 1268-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan “O'zbekiston Respublikasi Ichkarisidagi xizmat safarlari to'g'risida yo'riqnomani tasdiqlash haqida”gi O'zbekiston  Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 83-, 7/12-son qarori va O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida mehnatga haq to'lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 171-moddasi 5-bandida hisoblangan, lekin xodimga to'lanmagan ish haqini va boshqa unga tenglashtirilgan to'lovlarni undirish haqida talab arz qilingan bo'lsa sud buyrug'i berilishi belgilanganligi inobatga olinib, joriy yilning 14 yanvar' kuni FIB Beruniy tumanlararo sudiga “Ish haqini undirish bo'yicha” ariza kiritilgan.
FIB Beruniy tumanlararo sudining 18.01.2021 yildagi 2-2302-2102/400-sonli, 2-2302-2102/401-sonli, 2-2302-2102/402-sonli, 2-2302-2102/399-sonli va 2-2302-2102/403-sonli buyruqlariga asos qarzdor Ellikqal'a tumani tibbiyot birlashmasidan undiruvchilar Atajanov Sardorbek Yangabaevich, Bog'ibekova Gulzira Ravshonbek qizi, Lebedova Maksuda Rustamovna, Rozimov Akmal Kamalovich va Bayaubaeva Kzilgul Serikovnalar manfaatida hisoblangan, lekin to'lanmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar bo'yicha jami 4 556 252 (to'rt million besh yuz ellik olti ming ikki yuz ellik ikki) so'm qarzdorlik undirilishi belgilangan.

Ellikqal'a tumani adliya bo'limi
bosh maslahatchisi                                            
N.N.Tayrov