Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

O‘zbekistonda pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi


2026/2027 o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarida kunduzgi bakalavriatda tahsil olayotgan pedagoglar farzandlariga to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida chegirma beriladi. Buning uchun arizalar kontrakt.edu.uz orqali yuboriladi va imtiyoz har bir farzandga alohida qo‘llaniladi.

17-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasi qarori [501-son] bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.

Chegirma davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.

Chegirma:

·         oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlarida;

·         O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida ;

·         qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida;

·         xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida;

·         nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.

Pedagog farzandlari to‘lov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi.

Arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanganda, chegirma avtomatik tarzda qo‘llaniladi.

Arizalar mas’ul tashkilot tomonidan 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi.

Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.


 Shumanay tumani Adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi direktori Dauletmuratov Baxadir Erpolatovich.