Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Patent vakillari faoliyatida qanday yangiliklar joriy etilmoqda?


Patent vakillari faoliyatida qanday yangiliklar joriy etilmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-oktyabr kungi “Patent vakilligi institutini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida 542-son qarori bilan patent vakilligi instituti faoliyatiga oid muhim o‘zgarishlar kiritildi.

Mazkur qaror bilan “Patent vakillari toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra:

• Attestatsiya talabi bekor qilindi: Amaldagi patent vakillarini har uch yilda attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, o‘rniga har 3 yilda malaka oshirish tartibi joriy etildi.

• Vakolatlar hududiy organlarga o‘tkazildi: Nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish vakolati Adliya vazirligidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar adliya boshqarmalariga o‘tkazildi.

• Bepul qayta rasmiylashtirish: 2026-yil 1-noyabrga qadar faoliyat yuritayotgan patent vakillarining guvohnomalari attestatsiyasiz hamda davlat boji va to‘lovlarsiz qayta rasmiylashtirilib, yangi Davlat reestriga kiritiladi.

• Nomzodlarga qo‘yiladigan yangi talablar: Talabgorlar oliy ma'lumotga va kamida 72 akademik soatlik maxsus o‘quv kursi sertifikatiga ega bo‘lishi kerak (intellektual mulk sohasida kamida 3 yil ishlagan adliya xodimlaridan sertifikat talab qilinmaydi).

• Guvohnoma muddati: Patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g'risidagi guvohnomaning amal qilish muddati cheklanmagan etib belgilandi.

• Assotsiatsiyani qo‘llab-quvvatlash: O‘zbekiston Patent vakillari assotsiatsiyasi Toshkent shahri, Xadra mavzesida tekin foydalanish huquqi bilan alohida xonaga joylashtiriladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i Dushanov Rasul Muratbayevich