Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Adliya tashabbusi bilan farroshning shtat birligi to‘liqtirildi


Adliya tashabbusi bilan
farroshning shtat birligi to‘liqtirildi

 

         Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, Bo‘zatov tumani 2-son texnikumida farrosh vazifasida ishlovchi Tajimuratova Saulexan Uzaqbergenovnaning "ish joyida qo‘shimcha shtat birligi mavjud bo‘lsa-da ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha shtat birligi berilmayotganligidan norozi bo‘lib" yo‘llagan shikoyat arizasi ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro S.Tajimuratova Bo‘zatov tumani 2-son texnikumda 0,75 shtat birligidagi farrosh vazifasida ishlayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida, ish beruvchi tomonidan ish joyida bo‘sh turgan 0,25 shtat birligi murojaat muallifi S.Tajimuratova tomonidan og‘zaki so‘raganligiga qaramasdan bermay kelganligi aniqlandi.

         Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan, fuqaro S.Tajimuratovaning manfaatini ko‘zlab texnikum direktori nomiga taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro S.Tajimuratovaning 0,75 shtat birligi 1,0 shtat birligiga o‘zgartirib berilishi ta’minlanib, fuqaroning buzilayotgan huquqi himoya qilindi.          

 

         Bo‘zatov tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Kazbek Paluaniyazov