Янгиликлар
20
Davlat xizmatlari tizimida inson manfaatlari va murojaatchilar mamnunligi ustuvor vazifa
Davlat xizmatlari tizimida inson manfaatlari va murojaatchilar mamnunligi ustuvor vazifa
Bugungi kunda mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlat xizmatlari tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda inson manfaatlarini ustuvor darajaga olib chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shu vazifalar ijrosida Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi ham muhim o‘rin egallaydi. Markaz faoliyatining asosiy mazmuni — fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini qulay, tezkor, shaffof va sifatli ko‘rsatish, ularning vaqtini tejash hamda ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishdan iborat.
Amudaryo tumani adliya bo‘limi DXM bo‘lim boshlig’i Xudoyberganov Jo’rabek Karimboy o’g’li