Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning huquqiy ahamiyati qanday?


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son «Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarinin qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to`g`risida»gi Qaroriga asosan:
Qonun fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar — tugʻilish, nikoh tuzish, oʻlim va insonning muhim subyektiv huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, oʻzgarishi va toʻxtatishiga sabab boʻladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi.
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo boʻlishiga sabab boʻlib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos boʻladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDY organi tomonidan berilgan guvohnoma va unda koʻrsatilgan faktning toʻgʻriligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.
Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tugʻilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — bu nikohdan oʻtgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular oʻrtasida oʻzaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.
Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda boʻlgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma shaxsning oʻlimini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Tugʻilish va oʻlimning oʻz vaqtida qayd etilishi, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomaning, shuningdek perinatal oʻlim va oʻlim haqidagi tibbiy maʼlumotnomaning toʻgʻri va aniq toʻldirilganligi uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalarida tuman va shahar sogʻliqni saqlash boʻlimlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.


Qo`ng`irot tumani adliya bo`limi  
FHDY bo`limi mudirasi                                                                                    J.Musayeva