Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning va Oʻzbekiston Respublikasining xorijda yashovchi fuqarolarining nikohini qayd etish tartibini tushuntirib bersangiz?


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son «Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarinin qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to`g`risida»gi Qaroriga asosan: MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning va Oʻzbekiston Respublikasining xorijda yashovchi fuqarolarining nikohini qayd etish
Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi FHDY organlarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining MDH mamlakatlari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan nikohini qayd etish hamda chet el fuqarolari oʻrtasidagi nikohni qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi nikohni qayd etish agar chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish vizasi nikoh tuziladigan kunda haqiqiy boʻlsagina amalga oshiriladi.
Bunda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning nikohga kirish haqidagi arizasiga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning nikohda turmasligi haqidagi belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qoʻyilgan hujjat (davlat tiliga tarjimasi bilan birga) ilova qilinishi lozim.
Chet elda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining nikohini qayd etish oʻsha davlat qonunchiligiga asosan uning vakolatli organlari tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida ushbu Qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs bilan nikohini qayd etish, agar nikohni qayd etish Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi hududida joylashgan oʻsha davlatning qonunlari bilan tan olinganda, shuningdek imzolashda oʻsha davlat va Oʻzbekiston Respublikasi qatnashgan bitim yoki bu xalqaro shartnomalarga muvofiq hollardagina konsul tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqa davlatda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi bilan mazkur davlatning tegishli organlarida nikohni qayd ettirmoqchi boʻlgan oʻsha davlat fuqarosining iltimosiga koʻra, konsul nikohni qayd etuvchi oʻsha davlat organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi nikohda turmasligi haqida maʼlumotnoma berishi mumkin.
Bunday maʼlumotnomalar konsullik muassasalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida beriladi.
Agar konsullik muassasasida nikohlanuvchi shaxsning oilaviy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa konsul bu maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan oladi.
Bunda konsullik muassasasi tomonidan chet davlatda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi bilan oʻsha davlatning tegishli organlarida nikohni qayd ettirmoqchi boʻlgan chet el fuqarosi haqidagi maʼlumotlar murojaat qilgan shaxsning roziligiga koʻra “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritiladi.


Qo`ng`irot tumani adliya bo’limi
FHDY bo`limi 1-toifali inspektori                                                             E.Allamuratova