Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilmoqda!


Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarining og‘ir hayotiy vaziyatga, shuningdek, kambag‘allikka tushib qolishining oldini olish, ularning farovon hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, moliyaviy barqarorligini oshirish va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etishning yangi tizimini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2025 yildagi PF-258-sonli «Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ijtimoiy xizmat, yordam va imtiyozlarni taqdim etish tizimini takomillashtirish maqsadida davlat ta’minotidagi, kambag‘al va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni aniqlash va unifikatsiyalashgan davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini joriy etish, davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga mutanosib ravishda taqdim etish tartibini joriy etish, «Teng imkon — inklyuziv bandlik» dasturini amalga oshirish orqali 40 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning bandligini ta’minlash belgilandi.
Aholini davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish uchun 2026 yil 1 fevraldan boshlab «Ijtimoiy himoya yagona reestri» va Kambag‘al oilalar reestri negizida yagona Ijtimoiy reestr yuritiladi.
Ijtimoiy reestr — «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida yuritilib, davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan oilalar (shaxslar)ni aniqlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash vazifalarini bajaradi.
Ijtimoiy reestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, «davlat ta’minotidagi oila», «kambag‘al oila» va «kambag‘allik chegarasidagi oila» toifalariga ajratiladi.
Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning toifalarini belgilashda oila a’zolari mehnatga layoqatsiz yoki mehnat qilish imkoniyati cheklangan va ularning har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar «davlat ta’minotidagi oila» toifasiga kiritiladi;
oila a’zolari mehnatga layoqatli yoki mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan va ularning har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar «kambag‘al oila» toifasiga kiritiladi;
oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha bo‘lgan quyidagi oilalar «kambag‘allik chegarasidagi oila» toifasiga kiritiladi:
«davlat ta’minotidagi oila» yoki «kambag‘al oila» toifalaridan chiqarilgan oilalar;
«mahalla yettiligi»ning tavsiyasi asosida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oila deb topilgan oilalar kabi toifalarga ajratiladi.
Ijtimoiy reestrning «kambag‘al oila» toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reestrning «davlat ta’minotidagi oila» toifasiga kiritilgan oilalarning a’zolariga 75 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reestrning «kambag‘allik chegarasidagi oila» toifasiga «davlat ta’minotidagi oila» yoki «kambag‘al oila» toifasidan chiqarilganligi munosabati bilan kiritilgan oilalarga ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida «kambag‘allik chegarasidagi oila» toifasiga kiritilgan oilalarga «kambag‘al oila» toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda, ular Ijtimoiy reestrda turgan davrda, biroq ushbu reestrga kiritilgan sanadan boshlab 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda qo‘llaniladi.
Davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining oshirilishi fuqarolarning turmush tarzining munosib shart-sharoitlar yaratilishiga erishiladi.

Beruniy tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlar markazi direktori                                                        S.Xaytboyev