Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan 2021 yilning olti oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan ma'lumot


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan 2021 yilning olti oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan ma'lumot


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limiga 2021 yilning birinchi yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.

I. Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo'limiga 2020 yil birinchi yarim yilligi davomida jami 539 ta ya'ni, 1 ta so'rovnoma, 236 ta shikoyat va 302 ta arizalar kelib tushgan.


Kelib tushgan murojaatlarning 330 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 138 ta murojaat yoki 42 foizi qanoatlantirilgan.


Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan har bir murojaatga jiddiy e'tibor qaratilib, ularni o'z vaqtida va sifatli o'rganib chiqish choralari ko'rilib, takroriy murojaatlarning oldini olish maqsadida murojaatlarni muallif ishtirokida o'z joyida ko'rib chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko'rildi.
Xususan, kelib tushgan murojaatlarning 19 tasi bevosita murojaat muallifi ishtirokida o'z joyida ko'rib chiqilib, hal qilindi.
Shuningdek, 192 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan, 78 ta murojaat tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga hamda 87 ta murojaatlar tuman (shahar) adliya bo'limlariga yuborilgan.
Bundan tashqari, jami 7 ta murojaat ko'rmasdan qoldirilgan bo'lsa, 38 ta murojaatlar hisobot davrining ohiriga qoldiq bo'lib o'tgan.

II. Ishonch telefonlariga kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligining “Ishonch telefoni” orqali 2021 yil birinchi yarim yilligi davomida inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 64 ta murojaatlar kelib tushgan.
“Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlarning 49 tasi hal etilgan bo'lib, shundan 19 tasi yoki 39 foizi qanoatlantirilib, 30 tasi bo'yicha huquqiy tushuntirish berilgan, 1 tasi tegishligiga ko'ra boshqa idora va tashkilotlarga hamda 6 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo'yicha tuman (shahar) adliya bo'limlariga yuborilgan bo'lsa, 7 ta murojaatlar hisobot davrining ohiriga qoldiq bo'lib o'tgan.
Rahbariyatning shaxsiy va sayyor qabullarida 2021 yil birinchi yarim yilligi davomida 50 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Mazkur murojaatlarning 24 tasi vazirlik tomonidan ko'rib chiqilib, 9 tasi qanoatlantirilgan bo'lsa, 15 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 4 tasi hal etish uchun taalluqliligi bo'yicha boshqa tashkilotlarga va 12 tasi tuman (shahar) adliya bo'limlariga yuborilgan.
Shuningdek, 2 ta murojaat ko'rmasdan qoldirilgan bo'lsa, 8 ta murojaatlar hisobot davrining ohiriga qoldiq bo'lib o'tgan.

III. Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan qo'llanilgan ta'sir choralar bo'yicha:
Murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo'yicha 20 ta taqdimnoma, 1 ta ogohnoma, mansabdor shaxslarni ma'muriy javobgorlikka tortish yuzasidan 5 ta ma'muriy taklif va sudlarga 216.248.332 so'mlik 53 ta da'vo arizalari kiritildi.
Qo'llanilgan ta'sir choralari natijasida, 4 nafar mansabdar shaxs ma'muriy javobgarlikka 2 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, mansabdor shaxslarning 3 ta hujjatlari bekor qilingan bo'lsa, 86.423.700 so'mlik pul mablag'lari tegishli tartibda fuqarolarga qaytarildi yoki to'lab berildi.


Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo'yicha tahlil qilindi.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida

Tahlil natijasida murojaatlarning qo'yidagi sohalarda ularning ko'pligini ko'rsatadi:
-    mehnat nizolari masalasida 153 ta;
-    ijtimoiy himoya bilan bog'liq masalag oid 129;
-    uy-joy masalasida 53;
-    ish bilan ta'minlash masalasida 29 ta;
-    erga doir masalasida 28;
Mehnat nizolari masalasida kelib tushgan murojaatlarda asosan ishdan noqonuniy bushatganligi, ishga qayta tiklash va ish haqilarini o'ndirish bayon qilingan.
Ijtimoiy sohada kelib tushgan murojaatlarda asosan pensiyaga chiqish, pensiyani rasmiylashtirish, tayinlash tartiblari, pensiyani hisoblash, qayta hisoblash va to'lash holatlari shuningdek, moddiy yordam tayinlanmayotganligi bayon qilingan.
Uy-joyga va yerga doir sohada kelib tushgan murojaatlarda asosan, fuqarolar o'rtasidagi o'zaro yerga va uy-joyga oid da'volar haqida bayon qilingan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarning sonini yanada kamaytirish maqsadida:
- kelgusida shikoyatlar ko'paygan sohalarni  ish rejalarga kiritish yoki monitoring asosida o'rganishni tashkil qilish;
- murojaatlar ko'paygan sohalarga mas'ul bo'lgan Respublika idora rahbarlari va xodimlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etish;
- qaysi tashkilot xodimlari hatti-harakatlariga nisbatan ko'proq shikoyatlar kelib tushgan bo'lsa, mazkur tashkilotlarda huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazish yoki uning yuqori turuvchisiga taqdimnoma, ogohnoma kiritish yoki taklif va tavsiyalar yuborish.

Inson huquqlarini
himoya qilish bo'limi