Янгиликлар
10
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to'kish uchun javobgarlik bor
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to'kish uchun javobgarlik bor
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to'kish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak bo'lgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak bo'lgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo'lgan ashyoni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.