Янгиликлар
21
Eslatib o'tamiz elektr va issiqlik energiyasi, gaz, suvni behuda sarflash, foydalanish qoidalarini buzish uchun javobgarlik bor

O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksiga asos:
Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya'ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo'lmagan holda to'liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo'yish, zichlangan havo, suv va issiqlikning muntazam ravishda nobud bo'lishi, energiya bilan ta'minlovchi tashkilotlarning ruxsatisiz xizmat binolari va boshqa binolarni isitish uchun, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun elektr energiyasidan foydalanish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo'jasizlarcha foydalanish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish:
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish:
1000 vol'tgacha kuchlanishli elektr tarmoqlarini (havo, yer osti va suv osti elektr uzatish, kiritma va taqsimlash qurilmalarini) muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xo'jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
1000 vol'tdan ortiq kuchlanishli elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xo'jaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Gazdan yoqilg'i yoki xom ashyo sifatida foydalanish bilan bog'liq bo'lgan huquqbuzarliklar
Gazdan foydalanish qurilmasiga gazni ruxsatsiz ochib berish yoki gaz iste'mol qilishning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik yoxud gazdan foydalanish qurilmalarida gaz sarflashning tasdiqlangan solishtirma normalarisiz gaz sarflash yoki bunday normalardan ortiqcha sarflash —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Gazdan foydalanish qurilmalarini gaz sarfini hisobga olmay turib yoki gaz qo'llanib hosil qilinadigan issiqlik energiyasi va mahsulotlarni hisobga olmay turib ishlatish yoxud gazdan foydalanish qurilmasi loyihasida nazarda tutilgan gaz yonish jarayonini avtomat tarzda boshqarib turuvchi vositalarning, issiqlik texnikasi nazorati asboblarining yoki gazdan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlovchi issiqlikdan foydalanish uskunalarining bo'lmasligi (buzuqligi) —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Gaz iste'mol qiluvchi korxona, muassasa va tashkilotlar uchun nazarda tutilgan rezerv yoqilg'i xo'jaligining ishga tayyor emasligi yoki gazdan foydalanish qurilmalarining belgilangan rezerv yoqilg'i turlarida ishlashga tayyor emasligi —

Suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish:
Tabiiy suv oqimlari (jilg'alar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko'llar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv ob'ektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo'lmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Sun'iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to'planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sun'iy suv ob'ektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish, ya'ni suvdan xo'jasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv ob'ektlarining holatiga ta'sir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o'zboshimchalik bilan bajarish, suv ob'ektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv iste'moli rejalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Er osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yer osti suvlaridan o'zboshimchalik bilan suv olish, bundan jismoniy shaxslarning o'z ehtiyojlari, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug'orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish