Янгиликлар
26
Qo'shimcha to'lovlar sud orqali undirilib berildi
Qo'shimcha to'lovlar sud orqali undirilib berildi
Xo'jayli tumani adliya bo'limiga fuqaro B.S.ning “ish beruvchi tomonidan to'lanmagan qo'shimcha to'lovlarni undirishda” amaliy yordam so'rab murojaat qildi.
Tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro M.S.ning murojaati bo'yicha tegishli hujjatlar o'rganib chiqilganda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo'mitasining 2017 yil 10 noyabrdagi buyrug'i bilan Xo'jayli tumani bosh arxitektori lavozimi, Xo'jayli tuman Qurilish bo'limining shaharsozlik qonunchiligini amalga oshirish va nazorat bo'yicha arxitektori B.S.ga yuklatilgan va ish haqisi Xo'jayli tumani bosh arxitektori lavozimi maoshining 30 foizi miqdorida qo'shib to'lanishi belgilangan.
Lekin ish beruvchi tomonidan fuqaroning 3 100 000 (uch million bir yuz ming) so'm miqdorida qo'shimcha to'lovlar to'lanmaganligi aniqlandi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasida ish beruvchi o'zining moliyaviy holatidan qat'iy nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu kodeksning 161-moddasida ko'rsatilgan muddatlarda to'lashi shart ekanligi belgilangan.
Shuningdek, Fuqarolik protsessual kodeksining 171-moddasi 5-bandida hisoblangan, lekin xodimga to'lanmagan ish haqini va boshqa unga tenglashtirilgan to'lovlarni undirish haqida talab arz qilingan bo'lsa sud buyrug'i beriladi,-deb ko'rsatilgan.
Yuqoridagi qonun hujjatlariga asoslanib, tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro B.S.ning manfaatini ko'zlab Nukus tumanlararo fuqarolik ishlari bo'yicha sudiga da'vo ariza kiritilib, natijasi bo'yicha 3 100 000 (uch million bir yuz ming) so'm miqdorida qo'shimcha to'lovlar undirilib fuqaroning murojaatlari qanoatlantirildi.
F.Naranova
Xo'jayli tuman adliya bo'limi boshlig'i