Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Sobiq “kotib”larga kompensatsiya puli undirilishi belgilandi


Sobiq “kotib”larga kompensatsiya puli undirilishi belgilandi

Beruniy tumani adliya boʻlimiga B.S., G.K., A.T.lar murojaat qilib, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida kotib lavozimida ishlagan davrida foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun kompensatsiya pulini undirishga amaliy yordam soʻradi.
Murojaatlarni oʻrganish davomida ushbu fuqarolarning 2011-2020 yillarda kotib lavozimida ishlagan davrida mehnat taʼtilidan foydalanmaganligi, 2020 yil 20 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi, ishlash davrida tuman hokimligi tomonidan foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun fuqaro B.S.ga hisoblangan 14 019 603 soʻm, fuqaro G.K.ga hisoblangan 7 356 821 soʻm, fuqaro A.T.ga hisoblangan 10 132 981 soʻm miqdoridagi toʻlov puli oʻrganish kuniga qadar toʻlanmaganligi aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasida mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanishi, Fuqarolik protsessual kodeksining 171-moddasi 5-bandida hisoblangan, lekin xodimga toʻlanmagan ish haqini va boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida talab arz qilingan boʻlsa, sud buyrugʻi berilishi belgilangan.
Mazkur qonunchilik talablariga asosan, tuman adliya boʻlimi tomonidan uch nafar fuqarolarning manfaatini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga ariza kiritilishi natijasida, sobiq “kotib”larga jami 31 509 405 soʻm miqdorida kompensatsiya puli toʻlanishi yuzasidan sud buyrugʻi chiqarilib, ijroga qaratildi.

S.Raimbekova,  
Beruniy tumani adliya boʻlimi bosh maslahatchisi,  
3-darajali yurist