Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Uch nafar onaga bola parvarishi bo'yicha nafaqa pullari undirib berildi


Uch nafar onaga bola parvarishi bo'yicha nafaqa pullari undirib berildi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo'llab-quvvatlash maqsadida Hukumatimiz tomonidan oxirgi yillarda byurokratik to'siqlarni bartaraf qilish, korruptsiyaviy omillarni yo'qotish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta'aminlash yuzasidan ko'plab islohatlar amalga oshirilmoqda. Ammo shunga qaramay joylarda mutassadi xodimlarning e'tiborsizligi va o'z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashi oqibatida mazkur ijtimoiy yordam va nafaqalarning vaqtida, to'lig'icha, o'z manzillariga yetib bormayotgan holatlar ham uchrab turibdi.

Amudaryo tuman adliya bo'limiga 2021 yilning may oyiga qadar ana shunday holatlar yuzasidan turli mazmundagi ariza va shikoyatlar kelib tushdi. Murojaatlarni o'rganish davomida mazkur fuqarolarning 2 yoki 3 oylik bola parvarish pullari o'zlariga noma'lum sabablarga ko'ra to'lanmasdan qolgani, bu yuzasidan fuqarolarning tegishli idoralarga qilgan murojaatlari ijobiy hal qilinmasdan kelinayotgani aniqlandi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 15-moddasiga muvofiq, Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi tomonidan to'lanishi kerak. Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararlarni qoplash sudning qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.

Mazkur murojaatlarni o'rganishda aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman adliya bo'limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Amudaryo tuman sudiga da'vo arizalari kiritilib, yuqorida qayd qilingan fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirildi. Jumladan, da'vogar Amudaryo tumani adliya bo'limi fuqarolar L.Sh, Sh.A va I.R.larning manfaatida javobgarlar Amudaryo tuman “O'rta qal'a”, “Xolimbeg” ovul fuqarolar yig'ini va “Do'stlik” mahalla fuqarolar yig'iniga nisbatan to'lanmasdan qolgan bola parvarishi pullarini undirish haqidagi da'vo talablari qisman qanoatlantirilib, fuqarolarga to'lab berilishi lozim bo'lgan jami 3.038.000 so'm nafaqa pullari sud hal qiluv qarori bilan undirib berildi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan yo'l qo'yilayotgan bunday xato va kamchiliklar o'z vaqtida va qonun yo'li bilan joyida bartaraf qilinsa, birinchidan fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligiga, ularning idorama-idora, sudma-sud yurishining oldini olishga, ikkinchidan davlat idoralarida ariza va shikoyatlarning,  sudlarda ish xajmining kamayishiga yordam bo'lar edi.


Amudaryo tuman
adliya bo'limi boshlig'i                    M.Matyusupov