Янгиликлар
21
Adliya bo'limi aralashuvi bilan yoshga doir pensiya tayinlandi
Adliya bo'limi aralashuvi bilan yoshga doir pensiya tayinlandi
Nukus shahar adliya bo'limiga fuqaro K.A.ning Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Nukus shahar bo'limi tomonidan yoshga doir pensiya tayinlatishda yordam berishni so'rab yozgan murojaati ko'rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro K.A. 1984-2006 yillar orilig'ida bir necha joylarda ishlagan.
1988-2005 yillar oralig'ida Nukus shahar trestida oddiy ishchi lavozimida faoliyat yuritgan.
K.A. 2018 yil 16 fevral' kuni yoshi bo'yicha pensiya tayinlashni so'rab ariza bilan pensiya jamg'armasiga murojaat qilgan, lekin O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonunning 8-moddasiga asosan talab qilingan ish staji 7 yilga yetmaganligi hamda Qonunning 37-moddasi “a” bandi talablariga asos pensiya jamg'armasiga o'tkazilgan sug'urta badallari bo'yicha mehnat staji hisobga olinganda, umumiy ish staji 2 yil 5 oy 19 kun tashkil etganli sababli pensiya jamg'armasining qaroriga muvofiq yoshi bo'yicha pensiya ishi tayinlash bekor qilingan.
O'zbekiston Respublikasini Mehnat Kodeksining 81-moddasida “Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, o'rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o'tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risidagi ma'lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko'ra mehnat daftarchasiga o'rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o'tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.”-deb aniq belgilab qo'yilgan.
Yuqoridagilarga asos, adliya bo'limi tomonidan Nukus tumanlararo ma'muriy sudiga Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Nukus shahar bo'limining harakatlarini qonunga muvofiq emas deb topish hamda fuqaro K.A.ning mehnat stajini qayta hisoblash majburiyatini yuklashni so'rab shikoyat ariza kiritildi.
Sudda shikoyat ariza to'liq qanoatlandirilib, fuqaro K.A.ga yoshga doir pensiya tayinlandi.
Nukus shahar adliya bo'limi
bosh maslahatchisi Z.Bazarbaeva