Янгиликлар
17
Tibbiyot xodimlarining maxsus rag'batlantirish to'lovlari sud orqali undirib berildi
Xo'jayli tumani adliya bo'limiga Xo'jayli tuman tibbiyot birlashmasida ishlovchi 4 nafar xodim murojaat qilib, 2020 yili Nukus shahridagi koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan markazda ishlagan vaqtlari uchun maxsus rag'batlantirish to'lovlarini undirishda amaliy yordam so'radi.
Tuman adliya bo'limi tomonidan fuqarolar murojaati bo'yicha tegishli hujjatlar o'rganilganida tibbiyot xodimlariga Nukus shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan jami 30 mln (o'ttiz million) so'm miqdorida maxsus rag'batlantirish to'lovlari to'lanmaganligi ma'lum bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2020 yilgi “O'zbekiston Respublikasida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag'larning samaradorligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 583-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandida maxsus to'lov tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga, shu jumladan, qisqa muddatga jalb etilgan tor yo'nalishdagi tibbiyot mutaxassislariga kunlik kelib-ketish ish rejimiga o'tkazilgan holda haqiqatda ishlangan ish hajmi uchun 30 kunlik davr uchun to'lanadi.
240 soatlik ish yuklamalarini to'liq bajargan xodimlarga ushbu Nizomning 4-bandida ko'rsatilgan miqdorlarda maxsus to'lovlar to'lanadi.
Agar xodim tomonidan 30 kun davomida bajarilgan ish hajmi belgilangan ish yuklama me'yoridan kam yoki ko'p bo'lgan taqdirda, maxsus to'lovlar haqiqatda bajarilgan ish soatlariga nisbatan mutanosib ravishda to'lanadi,-deb ko'rsatilgan.
Yuqoridagilarga asoslanib, tuman adliya bo'limi tomonidan “Xo'jayli tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari manfaatini ko'zlab Nukus tumanlararo fuqarolik sudiga da'vo arizalar kiritilib, natijasi bo'yicha fuqarolarga jami 30 mln. (o'ttiz million) so'm ish haqilarini undirish bo'yicha sud qarori chiqarildi hamda fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirildi.
F.Naranova,
Xo'jayli tuman adliya bo'limi boshlig'i