Янгиликлар
06
“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida tadbir oʻtkazildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Oʻzbekiston Advokatlar palatasi Qoraqalpogʻiston hududiy boshqarmasi, “Nukus-Sayahat” MCHJ, “Jaslar-Tv”, “Nukus-Fm” tele-radio kanallari bilan tasdiqlangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan mahallalarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga huquqiy koʻmaklashish, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz hamda ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarni huquqiy qoʻllab-quvvatlash va saylov qonunchiligining mazmun-mohiyati boʻyicha “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida hamkor muassasa va tashkilotlar bilan mahallabay tamoyili asosida 2021-yil aprel-iyun oylarida oʻtkaziladigan targʻibot tadbirlari rejasi” ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan davlat xizmatlari markazi bilan birgalikda 2021-yil 6-may kuni “Navruz ” OFI hududida yashovchi fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berilib, ularga har xil sohaga oid qonunchilik yuzasidan buklet va flayerlar tarqatildi hamda ularning muammolari oʻrganildi. Shuningdek saylov qonunchiligining mazmun-mohiyati tushintirildi.