Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Qonunchiliktagi_yangiliklar


Joriy yilning 3 mart kuni Prezidentimizning “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5012-son Qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, joriy yilning 1 mart kunidan boshlab:
Avvalgi qonunchilikda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ro'yxatdan o'tkazuvchi organni xabardor qilgan (ma'lumot uchun) holda xorijiy manbalardan olinadigan pul mablag'lari va mol-mulkning bir kalendar yilidagi jami summasi BHMning 20 baravaridan oshmas edi. Hozirda NNTlar faoliyatini yanada
qo'llab-quvvatlash va ularga qulayliklar yaratish maqsadida,  ushbu summa
BHM 100 baravarigacha etib belgilandi va ma'lumot uchun qabul qilinadigan bo'ldi.
Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotini qayta ro'yxatdan hamda uning ramzini davlat ro'yxatidan o'tkazish muddati avval 1 oy edi, hozir ushbu muddat
15 kungacha qisqartirilmoqda.
Shu bilan qatorda, nogironligi bo'lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar,
xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro'yxatidan
(qayta ro'yxatdan) o'tkazish uchun davlat boji BHM 1 baravarining 50 % miqdorida undirilar edi, hozirda yangi talab bo'yicha qayd qilingan tashkilotlardan undirilmasligi belgilandi.
Avvalga qonunchilik normalariga asosan alohida bo'linmalarni hisobga qo'yish tartibi mavjud edi. Hozirda ushbu tartib bekor qilindi.
Bundan tashqari, mahalliy NNTlarni rivojlantirishga qaratilgan dastur
va loyihalarni moliyalashtirish uchun O'zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondiga davlat subsidiyasi ajratilishi belgilandi.
2021–2022 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari
va Toshkent shahrida jami 15 ta kovorking-markazlari tashkil etiladi.
Qaror bilan faoliyatini viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNT hududiy nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanib, ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun avvalga qonunchilikka ko'ra, BHM
1 baravari miqdorida davlat boji undirilar edi, hozirda BHMning 50 foizi miqdorida davlat boji undirilishi belgilandi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondlarini saqlash xarajatlariga hamda ularning asosiy faoliyat yo'nalishlarini amalga oshirishi uchun 1,1 milliard so'mdan kam bo'lmagan mablag'lar yo'naltirilishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, 2021 yil 4 mart kuni PF-6181-son “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi hamda belgilangan yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlandi.
Farmon bilan quyidagi bir qator maqsadli ko'rsatkichlar belgilanmoqda:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondlariga 2021 yilda 16 milliard so'm, 2025 yilda 70 milliard so'm mablag'lar ajratish;
mamlakatimizda e'lon qilinadigan yilga oid davlat dasturida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini 2021 yilda 30 taga, 2025 yilda – 50 taga yetkazish;
sodir qilinayotgan huquqbuzarliklarni nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 2021 yilda 3,8 foizga, 2025 yilda 19,2 foizga kamaytirish;
2021 yilda 50 ta, 2025 yilda 250 ta nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini Davlat boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, 2021 yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent, Farg'ona viloyatlari
va Toshkent shahrida “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari” tashkil etiladi.
Mazkur binolarga yangi tashkil etilgan, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga
ega bo'lgan sohalarda o'z faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi
Adliya vazirligi
bo'lim boshlig'i                            I. Aldabergenov