Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Amudaryo tuman adliya boʻlimi faoliyatining 6 oylik sarhisobi


Oxirgi yillarda huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, yagona davlat huquqiy siyosatni, jumladan huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning yaxlit tizimini joriy etish kabi vazifalar ijrosi yuzasidan adliya organlari va muassasalariga muhim rol ajratilmoqda.
Joriy 2021-yil 6 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi hamda bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan boʻlim oldiga qoʻyilgan topshiriqlar yuzasidan Amudaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirdi.
Jumladan, Amudaryo tuman adliya boʻlimiga 2021-yil 6 oyi davomida jami 111 ta ariza va shikoyat kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 100 tasi ariza, 11 tasi shikoyatni tashkil qildi. Murojaatlarning 100 tasi hal qilinib, shundan 49 ta ariza va shikoyatlar qanoatlantirilgan, 51 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Boʻlim xodimlari tomonidan yilning 6 oyi davomida bevosita shaxsiy qabulda 82 nafar, sayyor qabullarda 29 nafar fuqarolar qabul qilindi. Ayrim murojaatlar yuzasidan 5 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Norma ijodkorligi sohasida 2021-yil 6 oyi davomida Amudaryo tuman adliya boʻlimi 1 ta Xalq deputatlari tuman Kengashi va 3 ta tuman hokimi qarorini huquqiy ekspertizadan oʻtkazdi.
Shuningdek, boʻlim tomonidan 2021-yil 6 oyi davomida sudlarga 13 nafar fuqaroning manfaatida da’vo arizalar kiritilib, shundan 8 tasi qanoatlantirildi. Kiritilgan da’vo arizalarning 9 tasi fuqarolik sudlarga, 4 tasi ma’muriy sudlarga toʻgʻri kelib, da’vo arizalar natijasida da’vogarlarga jami 10.603.784 soʻm ish haqlari undirib berildi. Amudaryo tuman adliya boʻlimi Amudaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan 2021-yil 6 oyi davomida oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar davomida jami 467 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 26 ta taqdimnoma va 6 ta ogohnoma kiritildi, 4 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Kiritilgan taqdimnomalar asosida fuqarolarga 9.457.037 soʻm pul mablagʻlari undirib berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirliklari tomonidan fuqarolarning huquqiy onggi va madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan koʻplab huquqiy aksiyalar va yoʻl xaritalari borki, bu boʻlim xodimlariga mazkur yoʻnalishda tinimsiz ishlashni talab qiladi. Jumladan, Amudaryo tuman adliya boʻlimi oʻtgan 6 oy davomida jami 576 ta targʻibot tadbirlarini oʻtkazib, bunga 2500 yaqin fuqaroni qamrab oldi. Targʻibot tadbirlarining 180 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan boʻlsa, ogʻzaki huquqiy targʻibot 372 tani, koʻrgazmali targʻibot 730 tani tashkil qildi.
Boʻlim tomonidan 6 oy davomida jami 43 ta davlat organlari va tashkilotlariga 638 ta qonun va qonun osti aktlari yetkazib berildi. Shundan 40 tasi Qonun, 172 tasi Prezident Farmon va qarorlari, 312 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 114 tasi vazirlik va idoralarning buyruq va yoʻriqnomalaridir.
Boʻlim xodimlari bu koʻrsakichlar bilan cheklanib qolmasdan keyingi davrlarda ham boʻlim oldiga qoʻyilgan topshiriq va vazifalarni oʻz vaqtida bajarish, boʻlimning indekator koʻrsatkichlariga erishish harakatida boʻladi.


Amudaryo tuman
adliya boʻlimi boshligʻi                                                             M.Matyusupov