Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Har bir murojaat e'tiborimizda


Har bir murojaat e'tiborimizda

Nukus tumani adliya bo'limi tomonidan fuqaro J.M. «Nukus Agroservis MTP» MСhJdan 4.333.127 so'm miqdoridagi ish haqisin olishda amaliy yordam so'rab yozgan murojaati o'rganib chiqildi.

Murojaatni o'rganish davomida, fuqaro J.M. «Nukus Agroservis MTP» MСhJga 17.06.1999 yili ishga qabul qilinganligi va u  bilan 14.02.2021 yilda mehnat shartnomasi bekor qilinganligi, lekin shu kunga qadar MСhJ tomonidan asossiz ravishda ish haqi to'lab berilmaganligi aniqlandi.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (keyingi o'rinlarda kodeks deb yuritiladi) 154-moddasida, ish beruvchi o'zining moliyaviy holatidan qat'i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko'rsatilgan muddatlarda to'lashi shart deb ko'rsatilgan.

Kodeksning 161-moddasida esa, mehnatga haq to'lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo'lishi mumkin emas deb belgilangan.

Shuningdek, kodeksning 275-moddasiga asos ish beruvchi xodimning pul undirishga doir talablarini hech qanday muhlat bilan cheklamay, hamma vaqt uchun qondirishga haqlidir.

Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.03.2020 yilgi «Ish haqi o'z vaqtida to'lanishiga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» gi 88-son qarorining 3-bandida vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar korxonalar va tashkilotlar rahbarlari xodimlarga ish haqi o'z vaqtida va to'liq to'lanishi uchun shaxsan javob beradi deb ko'rsatilgan.

Yuqoridagilarga asos, adliya bo'limi tomonidan fuqoraning 4.333.127 so'm ish haqisini undirish bo'yicha Nukus tumanlararo fuqoralik ishlari bo'yicha sudiga sud buyrug'ini chiqarish haqida ariza kiritildi hamda sud buyrug'i bilan J.M.ning ish haqisi undirildi.
Shunday qilib, bo'limga kelib tushgan yana bir murojaat ijobiy hal etildi.
                                    
M.Seytimbetov
Nukus tumani
adliya bo'limi boshlig'i