Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o'tkaziladigan tadbirlar 02.12.2021

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o'tkaziladigan tadbirlar

O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni”ga bag'ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o'tkaziladigan tadbirlar rejasi ijrosi bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari uchun:
Milliy gvardiya boshqarmasi va uning mintaqaviy o'quv markazida, Qurilish xo'jaligi, Uy-joy kommunal-xizmat ko'rsatish vazirliklarida, Qoraqalpoq elektr tarmoqlari korxonasida, Qoraqalpoq davlat universitetida, Milliy tiklanish demokratik partiyasida;
Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosassiz kurashish tuyg'usini shakllantirish maqsadida:
Adliya vazirligida “Kelajak liderlari” klubi a'zolari uchun, Qoraqalpoq davlat universitetida (3 marta), Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filialida, Nukus davlat pedagogika institutida, Nukus Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida, shuningdek Street law guruhi a'zolari tomonidan umumta'lim maktablarida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Shu bilan bir qatorda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda adliya vaziri ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qonunchilikdagi yangiliklar bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbirlar rejasining 14-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, vazirlikda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Unda “Kelajak liderlari”  klubi a'zolari va talaba yoshlarga vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan ko'rsatuvlar, radio orqali chiqishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlik rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maqola, infografikalar joylashtirilishi ta'minlangan.
Bundan tashqari, barcha tuman (shahar) adliya bo'limlari, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari tomonidan joylarda targ'ibot tadbirlari muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.

Рўйҳатга қайтиш