Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008
ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI XODIMLARI DIQQATIGA!!! 16.05.2022

ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARI XODIMLARI DIQQATIGA!!!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligida
ichki tanlov o‘tkazish to‘g‘risida
E’LON

Ichki tanlov o‘tkazilayotgan lavozimlar:
№    Hudud nomi    Lavozim
        Adliya bo‘limi boshlig‘i    Davlat xizmatlari markazi boshlig‘i
1.    Qorao‘zak tumani    1                     -
2.    Taxtako‘pir tumani    1                     -
3.    Beruniy tumani    -                     1
4.    Chimboy tumani    -                     1

Ichki tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlarga qoʻyiladigan lavozim boʻyicha talablar;

•     adliya boʻlimi boshligʻi lavozimiga – oliy yuridik maʼlumotga ega, ushbu mutaxassislik boʻyicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlar;
•    davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga – oliy maʼlumotga ega, adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yildan buyon ishlab kelayotgan, mehnat unumdorligi va samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan xodimlari.

Mazkur talablar amalda ushbu lavozimda ishlayotgan xodimlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Murojaat muddati va manzil:
    Nomzodlar 2022-yil 18-may kuni soat 18:00 qadar quyidagi hujjatlarni  Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi Inson resurslari bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi:
Ariza - ichki tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar eʼlonda koʻrsatilgan muddatda komissiya kotibiga murojaat qiladi va komissiya kotibi ularni elektron reestrga kiritib qoʻyadi.
Nomzod tomonidan bir yil davomida amalga oshirgan ishlari qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha berilgan takliflari va tashabbuskorlik ishlari, statistik koʻrsatkichlari aks etgan ma’lumotlar.

Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon, 55-101-97-32, e-pochta qoraqalpoq@adliya.uz  
•    Ichki tanlov Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi binosida o‘tkaziladi.
•     Ichki tanlov jarayonlarini audio  va  videoyozuvlarda qayd etib boriladi.
•    Ichki tanlov o‘tkazish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

Рўйҳатга қайтиш