Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qonunchilikdagi yangiliklar Elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi


                                                                  Qonunchilikdagi yangiliklar
          Elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi

Maʼlumki, mamlakatimizda isteʼmolchilarni yoqilgʼi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʼrnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini ragʼbatlantirish, yoqilgʼi-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʼtkazishni davom ettirish maqsadida, 2024-yil 16-aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yonilgʼi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi” 204-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan, 2024- yil 1- maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining «bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.
Ushbu qarorning b)-bandiga koʼra, quyidagi toifadagi isteʼmolchilar yaьni ehtiyojmand oilalar uchun yuzaga kelishi mumkin boʼlgan qoʼshimcha xarajatlarni qoplash boʼyicha vaqtincha kompensatsiya joriy etilishi belgilandi.
Shunga koʼra, bunda ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar Yagona reestrga kiritilgan oilalar nazarda tutilmoqda.
Bunda, Yagona reestrga kiritilmagan, «mahalla yettiligi» xulosasi asosida aniqlanadigan qoʼshimcha ehtiyojmand oilalar ham eʼtiborga olingan.
Qarorga koʼra, mahalla yettiligi» tomonidan shakllantirilgan qoʼshimcha roʼyxatdagi ehtiyojmand oilalar soni tegishli mahalladagi Yagona reestrga kiritilgan oilalar sonining 15 foizidan oshmasligi kerakligi belgilandi.
Mazkur qarorga asosan, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun toʼlovlar oktyabrь oyidan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda,qaror bilan minimal isteʼmol xarajatlari miqdori oʼzgarishi munosabati bilan 2024 yil 1 mayga qadar eng kam pensiya va nafaqa miqdorlarini qayta koʼrib chiqish boʼyicha taklif kiritilishi ham belgilandi.
Muhim oʼzgarishlardan biri, qarorning 10bandiga koʼra, 2024 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʼlovlar 100 foiz oldindan amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur qaror bilan, isitish mavsumida (noyabrdan fevralga qadar) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etilishi belgilandi.
Xususan, 2024-yil noyabrь oyida – 270 ming soʼm miqdorida bir martalik moddiy yordam,elektr energiyasi va tabiiy gaz boʼyicha quyidagi miqdorlardagi isteʼmol uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʼrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
Qarorga koʼra, tabiiy gaz uchun oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 250-kub metrgacha,shuningdek elektr energiyasi uchun oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha belgilandi.
Xulosa oʼrnida aytganda,ushbu qaror tom maʼnoda, yurtimizda isteʼmolchilarni yoqilgʼi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʼrnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini ragʼbatlantirish, yoqilgʼi-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʼtkazilishida xizmat qilishi, shubhasiz.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov