Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qonunchilikda pedagoglarga qanday yengilliklar mavjud


Qonunchilikda pedagoglarga qanday yengilliklar mavjud

So’nggi yillarda mamlakatimizda pedagoglarga bo’lgan e’tibor, ularning huquqiy maqomini oshirish va himoya qilish borasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasining 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan Konstitutsiyasida o’qituvchilarning huquqiy himoya qilinishiga bag’ishlangan alohida norma belgilandi. Konstitutsiyamizning 52-moddasida quyidagicha norma kiritildi. Unga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024 yildagi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-sonli qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan, pedagoglarning huquqiy maqomi, ijtimoiy himoyasi, uning huquqlari va majburiyatlari belgilab berildi.
Shuningdek, qonunchilikka ko’ra pedagog xodimlar uchun quyidagi yengillik va qulayliklar yaratilgan:
•    1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi;
•    Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi;
•    Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi;
•    Fan olimpiadasi g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi;
•    Pedagog o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi;
•    O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi;
•    Ta’lim muassasalarining chet tillar fanlari o‘qituvchilariga oylik ustamalar beriladi;
•    “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin;
•    Maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi;
•    O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan.


Beruniy tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuristkonsulti B.Egamberdiyev