Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Soliq qonunchiligida nogironligi boʼlgan shaxslar uchun imtiyoz va kafolatlar


Soliq qonunchiligida nogironligi boʼlgan shaxslar uchun
imtiyoz va kafolatlar
Аytish kerakki,soʼnggi yillarda mamlakatimizda nogironligi boʼlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan tizimli islohatlar olib borilmoqda.Nogironligi boʼlgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasida eʼtibor berilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga koʼra, qatьiy belgilangan soliq stavkasi toʼlovchisi boʼlgan 1 va 2 guruh nogironligi boʼlgan shaxslar hisoblangan faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qatьi nazar,har oyiga qatьiy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini,biroq BHMning 50 foizidan koʼp boʼlmagan miqdorida toʼlashi belgilangan.
Bundan tashqari, urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar mulkida boʼlgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi.
Shuningdek,Soliq kodeksiga asosan I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar mulkida boʼlgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
Qonunchilikka koʼra, mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi.
Soliq kodeksiga koʼra, urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar yer soligʼidan ozod etiladi.
Qonunchilikda mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnom asosida berililishi belgilangan.
Bundan tashqari, Soliq qonunchiligida nogironligi boʼlgan shaxslarni hamda nogironligi boʼlgan shaxslar mehnatidan foydalanadigan korxonalarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida bir qator soliq imtiyozlari belgilangan.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 158-moddasiga muvofiq, ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan koʼprogʼini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʼi summasi ushbu qismda belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʼining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytirilishi belgilangan.
Shuningdek, yuridik shaxslar protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati koʼrsatishdan, nogironlar uchun moʼljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʼrsatishdan olingan foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʼini toʼlashdan ozod qilinadi.
Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sogʼlomlashtirish muassasalariga yoʼllanmalar qiymatini nogironlarga, shu jumladan mazkur korxonada ishlamaydigan nogironlarga toʼliq yoki qisman qoplash summalariga soliq solinmasligi belgilangan.
Shuningdek, 180-moddasiga muvofiq, bolalikdan nogiron boʼlib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining toʼrt baravari miqdoridagi daromadlar boʼyicha) ozod qilinishi koʼrsatilgan.
Shu bilan birga,kodeksning 275-moddasiga binoan, I va II guruh nogironlarining mulkida boʼlgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon oʼlchami doirasida (60 kv.m hajmida) jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmasligi belgilangan.
Bundan tashqari,Solik kodeksining 282-moddasiga muvofiq, nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamgʼarmasi va "Oʼzbekiston chernobilchilari" assotsiatsiyasi mulkida boʼlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar yer soligʼini toʼlashdan ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʼullanuvchi yuridik shaxslar mustasno.
Shuningdek, Soliq kodeksining 324-moddasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qoʼl bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani oluvchi barcha guruhlardagi nogironlar avtotransport vositalarini olish va (yoki) Oʼzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʼimni toʼlashdan ozod qilinishi belgilangan.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov