Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Firibgarlik jinoyati tushunchasi va jazo muqarrarligi


Firibgarlik jinoyati tushunchasi va jazo muqarrarligi

Maʼlumki,kundalik ijtimoiy turmushda insonlar oʼzaro bir-birlari bilan faol muomala qilar ekan, ular orasida turli xil munosabatlar oʼrnatiladi. Аyrimlar sof, halol yoʼl bilan, oʼzgalar haqidan qoʼrqqan holda bu munosabatni oʼrnatsa, ayrimlar esa insonlarning soddaligi, ishonuvchanligini suiisteʼmol qiladi.
Firibgarlar va tovlamachilik
Soʼnggi yillar mobaynida mamlakatimizda firibgarlik bilan bogʼliq jinoyatlar va tovlamachi qarmogʼiga ilinayotgan vatandoshlar soni koʼpayib bormoqda.
Qolaversa, taraqqiyot yuksalgani sari firibgarlikning yangidan yangi turlari ham qayd etilmoqda. Аxborot texnologiyalari, internet orqali amalga oshirilayotgan firibgarliklar ham koʼp uchrayapti. Yana bir firibgarlik jinoyat turlaridan biri – bu farzandining oliy oʼquv yurti talabasi boʼlishi orzusidagi ota-onaga nisbatan qilinmoqda.
Firibgarlik jinoyatini sodir etish uslublari turlicha boʼlib, sodir etilgan firibgarliklardan pul oldi-berdisi, chet elga ishga yuborishni vaʼda qilish, oʼqishga kiritishga doir aldovdir koʼpayib ketgan.
Maʼlum boʼlishicha, ushbu jinoyatlarni koʼpi ayollar, muqaddam sudlanganlar ishlamaydiganlar firibgarlikka qoʼl urgan holatlar aniqlangan.
Firibgarlikning huquqiy tavsifi Oʼzbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasiga koʼra, oʼzgani aldash yoki uning ishonchini suiisteʼmol qilgan holda uning mulkini yoki mulkiga boʼlgan huquqini qoʼlga kiritish firibgarlik hisoblanadi. Firibgarlik boshqa mulkiy jinoyatlardan farqi – firibgarlikda jabrlanganlar firibgarga mol-mulkini, mol-mulkka boʼlgan huquqini oʼz xohishi bilan topshiradi.
Fuqarolar mablagʼlarini oʼzlari olib kelib bergan boʼlsa-da, firibgarga jazo tayinlanadi.
Fuqarolar pullarini oʼz qoʼllari bilan olib kelib beradi. Ular yengil boyib ketish, mulkka egalik qilish maqsadida shunday harakatlarni sodir etishadi. Firibgarlar maʼlum bir sohani egallab, bilimga ega boʼlishadi. Shuningdek, ularda aktyorlik qobiliyati ham boʼladi. Shu sababli firibgarlik aqlli jinoyatlar turiga kirib, uni aql-zakovatli insonlar sodir etadi.
Taʼkidlab oʼtishimiz kerakki, firibgarlik jinoyati tarkibini oladigan boʼlsak, obʼektiv va subʼektiv tomoni boʼladi. U boshqa fuqarolik munosabatlaridan farqli oʼlaroq, fuqaro jabrlanuvchining mulkiga egalik qilishni oldindan qasd qilishi kerak. Firibgarlar tergov qilinganda juda kamdan-kam holatda firibgarlik qilish niyati boʼlganini tan oladi. Jinoyat ishi qoʼzgʼatilgandan keyin soʼroq jarayonida hujjatlar taqdim qilinadi, hujjatlarning qaerida kamchiligi borligi tekshiriladi.
Firibgarlik jinoyatining turlari
Hozirgi kunda koʼp uchraydigan firibgarlik turlaridan biri – bu chet elga ishga joʼnatish, chet eldagi 3-shaxslardan sizning maʼlum miqdordagi pul mukofotini yutib olganingiz haqidagi keladigan xatlar hisoblanadi. Shuningdek, xayriya mablagʼlari uchun tashkil qilingan plastik kartalardan pul yechib olish holatlari ham uchramoqda.
Shuningdek, yer, uy oldi-sotdisi boʼyicha firibgarliklar ham koʼp uchrab turadi.
Keyingi vaqtlarda firibgarlar hokimiyatda tanishi borligini aytib, uy olib berishga ishontirib, odamlarning pullarini olib qoʼyish holatlari ham kuzatilmoqda. Shuningdek, oʼqishga yoki ishga kiritish maqsadida, ota-onalarni ishontirib, pul olish holatlari ham oxirgi vaqtda koʼplab uchrab turibdi
Firibgarlik uchun qanday jazo belgilangan?
Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 168-moddasida koʼrsatilgan firibgarlik
5 ta qismga boʼlingan. Ularning 4 ta qismida jinoyatni qaysi hollarda ogʼirlashtiruvchi malakalash koʼrsatilgan. Beshinchi qismida yengillashtiruvchi holatlar bayon qilingan. Yaʼni jinoyat sodir qilingandan keyin yetkazilgan zarar toʼliq qoplansa, ayblanuvchi, gumonlanuvchi yoki sudlanuvchiga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʼllanilmasligi mumkin. Jinoyat kodeksida firibgarlik jinoyati uchun maksimal 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi
.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov