Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Bola huquqlarini himoya qilish boʼyicha obmudsman


Bola huquqlarini himoya qilish boʼyicha obmudsman

Taʼkidlash kerakki,Bugungi kunda bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini taʼminlashda dunyoning saksonga yaqin mamlakatlarida Bolalar ombudsmani faoliyat yuritadi.
Ularning asosiy vazifasi “Bola huquqlari toʼgʼrisida”gi konventsiya qoidalarini qonunchilikka tatbiq etish, shuningdek bolaning shaxsi, shaʼni, qadr-qimmati, huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasiga butun jamiyat va davlatni faol jalb etishdan iborat.
Аyni kunda, koʼpgina xorijiy mamlakatlarda Bolalar ombudsmani faoliyati maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi.
Mamlakatimizda 1992- yil 9- dekabrda BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Bolalar huquqlari toʼgʼrisida”gi Konventsiyaning ratifikatsiya qilinishi bolalarning huquqiy va ijtimoiy maqomini shakllantirish yoʼlida dastlabki muhim qadam boʼldi.
Ushbu hujjat orqali Oʼzbekiston xalqaro konventsiya qoidalari va printsiplariga rioya etish, bola huquqlarini himoya qilishning milliy qonunchilik tizimini takomillashtirish boʼyicha majburiyatlarni hamda jahon hamjamiyati oldida javobgarlik masalasini oʼz zimmasiga oldi.
Mamlakatimizda bu yoʼnalishda oʼtgan yillarda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Аyniqsa, soʼnggi yillarda jamiyatimizning boshqa sohalari kabi bu jabhadagi ishlar ham yangi bosqichga koʼtarildi.
Shu yoʼnalishda mamlakatimizda,bola huquqlarini himoya qilish borasida bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Xususan, Prezidentimizning 2019- yil 22- apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) oʼrinbosari — Bola huquqlari boʼyicha vakil lavozimi joriy etilishi natijasida mamlakatimizda bola huquqlari himoyasining tashkiliy va institutsional asoslari yanada mustahkamlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 29- maydagi “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorida Bola huquqlari boʼyicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yoʼnalishlari belgilandi.
Qarorga koʼra,bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Vakil bilan kelishi tartiblari belgilandi.
Bola huquqlarini himoya qilish boʼyicha muhim hujjatlardan biri sifatida 2024-yil 29-fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasining Oliy Majlis Bolalar huquki boʼyicha vakili(Bolalar obmudsmani) haqida”gi OʼRQ-917-son qonuni qabul qilingan. Qonun bilan Bola huquqlari boʼyicha vakilning asosiy vazifalari,huquq va majburiyatlari  hamda dahlsizlik huquqlari belgilandi.
Mazkur qonun bilan, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʼyicha vakili (Bolalar ombudsmani) (bundan buyon matnda Bola huquqlari boʼyicha vakil deb yuritiladi) mansabdor shaxs boʼlib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari toʼgʼrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishi belgilandi.
Qonunda Bola huquqlari boʼyicha vakil Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanishi belgilandi.
Qonunga koʼra Oʼzbekiston fuqarosi hisoblangan va xorijiy davlat hududida boʼlgan bolaning huquqlarini himoya qilish uchun oʼzaro huquqiy yordam toʼgʼrisidagi kelishuvlarga va boshqa shartnomalarga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi, sud organlariga va ombudsmanlariga soʼrovnomalar yuborish,shuningdek oʼz vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʼrnatish, ularning aʼzoligiga kirish, shuningdek, boshqa davlatlar ombudsmanlari bilan hamkorlik qilish belgilandi.
Muhim jihatlardan biri,bola huquqlari boʼyicha vakilga bola oʼz ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan taʼlim, tarbiya, tibbiyot muassasalariga, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʼrsatish markazlariga, ixtisoslashtirilgan oʼquv-tarbiya muassasalariga, tergov hibsxonalariga va tarbiya koloniyalariga (bundan buyon matnda bola oʼz ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan joylar deb yuritiladi) muntazam kirib turish orqali bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʼllashning oldini olish boʼyicha choralar koʼrish vakolatlari berildi.
Shu bilan birga,qonunda bola huquqlari boʼyicha vakilining Konstitutsiyayaviy sudi, Oliy sudva boshqada sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar,bola huquqlari boʼyicha Milliy komissiya bilan hamkorlik qilish boʼyicha muhim yoʼnalishlari ham belgilandi. Xulosa oʼrnida aytganda,mazkur qonun tom maʼnoda,mamlakatimizda bola huquqlarini himoya qilisha boʼyicha muhim hujjat boʼlib xizmat qilishi,shuhbasiz

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov