Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Qonunchilikdagi yangiliklar


Qonunchilikdagi yangiliklar

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Roʼyxatdan oʼtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʼyxatdan oʼtkazishda, qayta roʼyxatdan oʼtkazishda, majburiy texnik koʼrikdan oʼtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʼlovlar stavkalariga oʼzgartirish va qoʼshimcha kiritish toʼgʼrisida”gi (2024-yil 31-mart kuni 2303-5-sonli Аdliya vazirligidan roʼyxatdan oʼtkazilgan) buyrugʼi qabul qilindi.
Mazkur buyruqqa asosan, endilikda elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini roʼyxatdan oʼtkazish va qayta roʼyxatdan oʼtkazish uchun BHMning 1,5 baravari toʼlanadi.
Buyruqqa ko’ra boshqa barcha avtotransport vositalarini roʼyxatdan oʼtkazish va qayta roʼyxatdan oʼtkazish uchun toʼlov BHMning 6,84 baravari miqdorida  (ilgari-BHMning10%) oʼrnatilmoqda.
Bundan tashqari, 2024-yil 30-mart kuni  Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  181-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan, Vazirlar Mahkamasining "Kichik biznesni uzluksiz qoʼllab-quvvatlash" kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2024-yil 20-yanvardagi 37-son qaroriga bir qator oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi.
Unga koʼra, loyiha tashabbuskorlarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash usullari roʼyxati 500 mln soʼmgacha kredit bilan toʼldirildi, shuningdek oʼzini oʼzi band qilgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 100 mln soʼmgacha garovsiz kreditlarning 50 foiz qismi ularning bank kartasiga oʼtkazib berilishi belgilandi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-mart kuni 166-sonli “Аtmosfera havosiga transport vositalarining salbiy taʼsirini kamaytirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-iyundan bosqichma-bosqich “Ekologik transport” tizimi ishga tushirilishi belgilandi.
Unga koʼra: hududlar ulardagi atmosfera havosi bilan bogʼliq real ekologik holatdan kelib chiqib «toza», «oʼrta» va «zararli» ekologik zonalarga ajratib boriladi;
transport vositalariga ularning diagnostikasiga «yashil», «sariq» va «qizil» stikerlar beriladi;
ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʼlmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya toʼlovlari joriy etiladi yoxud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanish cheklash yoki taqiqlash belgilandi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
Nasiba Radjapova