Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Mehnat kodeksida har yilgi mehnat taʼtili berish tartibi


            Mehnat kodeksida har yilgi mehnat taʼtili berish tartibi

Ma`lumki,  Mehnat kodeksida mehnatga oid munosabatlarni, xususan xodimlarga har yilgi mehnat taʼtillarini berishni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan bir qator yangi normalar oʼrin olgan.
Xususan, Mehnat kodeksida mehnat taʼtillarining quyidagi turlari nazarda tutilgan.
Jumladan:
1.Har yilgi mehnat taʼtillari,
2.Ijtimoiy taʼtillar,
3.Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil,
4.Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil.
Mehnat kodeksining 215-moddasiga asosan,xodim taʼtilda boʼlgan davrida uning ish oʼrni lavozimi saqlanishi kafolatlanadi.
Yaьni xodim taʼtilda boʼlgan davrida xodimning mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor etishga yoʼl qoʼyilmaslik toʼgʼrisida norma belgilangan.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksida har yilgi mehnat taʼtilining eng kam davomiyligi ham belgilandi.
Unga koʼra,Mehnat kodeksining 217-moddasiga asosan,har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi 21 kalendarь kunni tashkil qilishi belgilandi.
Shu bilan birga, Mehnat kodeksida xodim bitta tashkilot yoki tarmoqda ishlagan ish staji uchun qoʼshimcha mehnat taʼtili berish nazarda tutildi.
Xususan,Mehnat kodeksining 220-moddasiga koʼra,xodim bitta tashkilot yoki tarmoqda har 5 yil ishlagan ish staji uchun 2 kalendar kun,biroq jami
8 kalendar kun har yilgi qoʼshimcha taʼtil berilishi belgilandi.
Bulardan tashqari, Mehnat kodeksining 401-moddasiga muvofiq 12 yoshga toʼlmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga toʼlmagan nogironligi boʼlgan bolaning ota-onasiga(yoki oʼrnini bosuvchiga) har yili davomiyligi 4 kalendarь kun haq toʼlanadigan qoʼshimcha taʼtil berilishi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda, Mehnat kodeksida har yilgi asosiy va qoʼshimcha taʼtillarni jamlash tartibi ham belgilandi.
Yaьni Mehnat kodeksining 222-moddasiga asosan, har yilgi mehnat taʼtilining davomiyligini hisoblab chiqarishda asosiy taʼtillar va eng kam taʼtillar har yilgi uzaytirilgan taʼtilga qoʼshib hisoblanishi belgilandi.
Mufassalroq qilib aytganimizda,barcha hollarda qonunchilikda belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili davomida 56 kalendarь kundan oshib ketmasligi belgilandi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi bosh yuriskonsulti
Ilxam Kurbanbaev